17 apr 15:16
Yangiliklar
Tennis
Xalep va uning "boyfrendi" 30 000 evro xayriya qildi
Dunyoning sobiq birinchi raketkasi Simona Xalep Ruminiyada koronavirusga qarshi kurash uchun xayriya qildi.
Xalep va uning yigiti Toni Yuruc koronavirusga qarshi kurash jamg'armasiga 30 000 evro o'tkazib berdi.
"Ha, bu rost, 30 ming evro. Ochig'i, men yangiliklarni kuzatib bormayman. Lekin televizorda odamlar koronavirusdan qanday aziyat chekayotganini ko'rdik va xayriyaga qo'l urdik. Summaning qanchaligi muhim emas. Biz uchun muhimi, bu ishni chin ko'ngildan amalga oshirdik. SHifokorlar va yurtdoshlarimizga yordam kerak", - deya Xalepning so'zlarini keltirmoqda Digi Sport.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar