01 okt 09:02
Yangiliklar
Tennis
Xalepning "Rolan Garros"dagi yurishi davom etadi
SHu kunlarda Franciya poytaxti Parij shahri "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi "Rolan Garros" turniriga mezbonlik qilmoqda.
Sayyoramizning ikkinchi raqamli tennis malikasi Simona Xalep bosh sovrin uchun asosiy davogar bo'lib turibdi. Ruminiyalik tennischi ikkinchi davrada reytingning 73-pog'onasidan joy olgan vatandoshi Irina-Kameliya Beguni mag'lubiyatga uchratdi - 6/3, 6/4.
Bir soatu 23 daqiqa davom etgan bahsda 29 yoshli Xalep 2 ta, 30 yashar Begu esa 1 ta eys zarbasini amalga oshirdi. Tennischilarning o'zaro uchrashuvlaridagi hisob Xalep foydasiga yanada yiriklashdi - 7:0. Endi Simona French Open uchinchi bosqichida amerikalik Amanda Anisimovaga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar