27 iyu 14:07
Yangiliklar
Futbol

Xalk 55 mln evro evaziga “SHanxay Telleys”ga o'tishga rozi bo'ldi
Braziliya terma jamoasi hamda “Zenit” klubi xujumchisi Xalk Rossiya klubidan ketib, faoliyatini Xitoy chempionatida davom ettirmoqchi.
29 yoshli forvard bu haqida yakuniy qarorga kelgan bo'lib, yaqin kunlarda Osiyo qitasiga kelmoqchi. Futbolchi endilikda Sank-Peterburg klubi rahbariyatining roziligini kutmoqda. Xalkning transferi 55 million evro atrofida baholanmoqda.
Takidlash kerak, o'z oldiga katta maqsadlar qo'yayotgan “SHanxay Telleys” jamoasi tarkibida hozirda to'rt nafar legioner – Dario Konka, Asamoa Gyan, Elkeson va Jan Kuassi faoliyat olib bormoqda.
Havola :
Fikrlar