So’nggi yangiliklar

11:12Бивол ўзи учун энг муҳим уч рақибни айтди 0 10:41Махачев Доғистон ҳақидаги ҳазил билан Волкановскининг янги соч турмагига муносабат билдирди (ФОТО) 0 10:10Исломбек Исмоилов: "Биз фақат Роналдуга эмас, балки бутун "Ал Насср" жамоасига қарши ўйнаймиз" 0 09:39"Бу ҳали бошланиши". Музаффарбек Тўрабоев Жаҳон чемпионатида қўлга киритилган медалига муносабат билдирди 0 09:11Хамзат Чимаев ва Чарльз Оливейра Чеченистонда (ФОТО) 0 08:41Тошкентда 100 000 долларлик шахмат мусобақаси ўтказилади 0 08:12АПЛ. "Манчестер Сити" меҳмонда "Ливерпул"ни йирик ҳисобда мағлуб этди 0 07:30Бенавидес Усик билан жанг қилиш учун супероғир вазнга кўтарилишга тайёр 0 19:19Наоя Иноуэ кейинги рақибининг номини эълон қилди 0 18:48Дана Уайт Шон Стрикленднинг боксда ўзини синаб кўриш истагига муносабат билдирди 0 18:17Башар Ресан "Персеполис"га қайтадими? 0 17:46Фьюри ва Жошуа жанги Буюк Британияда рекорд ўрнатиши мумкин 0 17:15"Фақат раундлар". Бивол ўзбекистонлик боксчилар билан машғулот ўтказмоқда (ФОТО) 0 16:44WBC президенти Дэвид Бенавидеснинг WBC камаридан воз кечганига муносабат билдирди 0 16:1340 ёшли Жиру 37 ёшли Давиде Анчелоттига нима учун "сиз"лаб мурожаат қилишини тушунтирди 0

14 iyu 20:33
Yangiliklar

Boshqalar

Xalqaro kriket Kengashi (ICC) vakillarining yurtimizga tashrifi samarali bo'ldi FOTOGALEREYA

Teglar :  KriketO'zbekiston
Ommaviyligi jihatdan futboldan keyin ikkinchi o'rinda turuvchi va bugungi kunga kelib jahonning 4 milliarddan ortiq aholisining sevimli sport turiga aylangan kriket xalqimiz o'rtasida ommalashmoqda.

O'zbekiston kriket federaciyasi 2019 yilda tashkil etilgan. Faoliyatiga hali uncha ko'p bo'lmagan kriket federaciyasi tomonidan hozirgacha 6 ta 13 yoshgacha, 4 ta 19 yoshgacha, 4 ta kattalardan iborat hamda 1 ta xotin-qizlar jamoalari faoliyat yurityapti. 

Bundan tashqari, O'zbekistonda istiqomat qilib, turli sohalarda mehnat qilayotgan chet ellik mutaxassislardan iborat 2 ta jamoa ham shakllangan.

Respublikamizning Toshkent shahri, Qashqadaryo, Farg'ona, Samarqand, Toshkent, Surxondaryo, Buxoro, Xorazm singari viloyatlarida ham jamoalar bor. O'tgan davr davomida yig'ilgan jamoalar o'rtasida kriket bo'yicha musobaqalar rejaga ko'ra o'tkazilmoqda.

2020 yili O'KF raisi Aziz Mixliev BAAning Dubay shahrida Xalqaro Kriket Kengashi (ICC) va Osiyo Kriket kengashi (ACC) rahbariyati bilan uchrashuv o'tkazdi. Unda O'zbekiston kriket federaciyasining xalqaro va Osiyo kriket kengashi azoligiga qabul qilinishi masalasi muhokama qilingandi. O'sha uchrashuvda ular mamlakatimizda kriket sport turining tezroq rivojlanish bosqichiga o'tishiga xayrixoh ekanliklarini bildirishgan edi.

O'zaro kelishuvga muvofiq, xalqaro kriket kengashi (ICC)ning Osiyo mamlakatlarida kriketni rivojlantirish bo'limi boshlig'i, oliy toifali xalqaro ekspert, janob Iqbol Sikander va ICCning moliyalashtirish ishlari menejeri Nitesha Kotariylar 11-13 iyul kunlari Toshkentda bo'lishib, O'KF faoliyati  bilan yaqindan tanishishdi. 

Xususan, ekspertlar O'zbekiston krekit federaciyasi raisi Aziz Mixliev hamrohligida Sportni rivojlantirish vazirligiga tashrif buyurishdi. Ularni vazir o'rinbosari Abdulla Aslonov qabul qildi.

Uchrashuvda tomonlar kriket sport turini mamlakatimizda rivojlantirish va hamkorlik aloqalarini yo'lga qo'yish masalalarini muhokama qilishdi. O'z navbatida Sportni rivojlantirish vazirligi kriket sport turini ommalashtirish borasida hamkorlik qilishga tayyorligini malum qildi.  

SHundan so'ng mehmonlar CHirchiq shahrida joylashgan O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida, Qibray tumanida qurilayotgan krekit maydonida hamda Yunusobod tumanidagi 258 -sonli umumiy o'rta talim maktabi hududida "Anfa" krekit klubining yangidan barpo etilgan, xalqaro standartlarga mos tarzdagi mashg'ulot maydonida bo'lishdi.

Tashrif doirasida shuningdek, mehmonlar va O'zbekiston kriket federaciyasi raisi Aziz Mixliev  poytaxtimizdagi milliy matbuot markazida OAV  xodimlari ishtirokidagi matbuot anjumanida jurnalistlarning qiziqtirgan savollariga javob berishdi. 

O'KF faoliyati bilan yaqindan tanishgan vakillar endi xulosalarini xalqaro kriket kengashi (ICC) rahbariyatiga taqdim etishadi.

Ishonch bilan aytishimiz mumkinki, tez orada O'zbekiston kriket federaciyasi ham ICCning to'laqonli azosi bo'lib, ro'yxatdan o'tadi. 

Darhaqiqat, kriket bugun yoshlar qalbidan asta-sekin joy olmoqda. Umid qilamizki, mazkur sport turi yanada ommalashib, kriket bo'yicha jamoalarimiz ham xalqaro sport maydonlariga dadil chiqib borishadi.

Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing