01 mar 11:14
Yangiliklar
Boshqalar, Olimpiya o'yinlari
Xalqaro Olimpiya qo'mitasi Rossiya va Belarus sportchilari borasida bayonot bilan chiqdi
Xalqaro Olimpiya qo'mitasi Rossiya va Belarus sportchilarini musobaqalarga chaqirmaslikni tavsiya qilmoqda.
"Global sport musobaqalarining yaxlitligini va barcha ishtirokchilar xavfsizligini himoya qilish maqsadida XOQ Ijroiya kengashi xalqaro sport federaciyalari va tadbirlar tashkilotchilariga Rossiya va Belarus sportchilari, shuningdek, rasmiy shaxslarni taklif etmaslik yoki ishtirok etishga ruxsat bermaslikni tavsiya qiladi.
Rossiya yoki Belarus fuqarolari, xoh individual, xoh jamoa bo'lishidan qatiy nazar, faqat neytral sportchilar yoki neytral jamoalar sifatida qabul qilinishi kerak", — deyiladi tashkilot bayonotida.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar