08 sen 17:00
Yangiliklar
Xalqaro paralimpiya qo'mitasiga yangi Prezident tayinlandi
Tashkilotning yangi rahbarini saylash juma kuni Abu-Dabidagi IPC Bosh assambleyasida bo'lib o'tdi. Parsons 16 yil davomida tashkilotni boshqarib kelgan britaniyalik Filip Kreyven o'rnini egalladi. IPC tarixida Parsons britaniyalik Kreyven va kanadalik Robert Stedvorddan so'ng uchinchi prezident bo'ladi.
U 2009 yildan Braziliya paralimpiya qo'mitasini boshqargan, 2013 yildan esa IPC vice-prezidenti lavozimini egallab kelgan.
Parsonsdan tashqari IPC rahbari lavozimiga kanadalik Patrik Djarvis, daniyalik Yon Petersson va xitoylik Xaydi CHjanlar davogarlik qilganlar.
Saylov natijalariga ko'ra Parsons - 84, Xaydi CHjan - 47, Petersson – 19 va Djarvis – 12 ovoz olganlar.
Mazkur Assambleyada O'zbekiston Milliy Paralimpiya Associaciyasi vakillari ham ishtirok etdilar.
Fikrlar