20 iyu 15:30
Yangiliklar
Xalqaro Press-klub raisi futbol muxlislariga murojaat qildi
Assalomu alaykum!
Hurmatli futbol ishqibozlari.
Xabaringiz bor,
ertaga Xalqaro Press-klubda sport olami, mamlakatimizda sportni
rivojlantirish, Olimpiya harakati va xususan futbol mavzusiga bag'ishlangan
anjuman bo'lib o'tadi. So'nggi haftada O'zbekiston milliy terma jamoasining
Eron terma jamoasi bilan bo'lib o'tgan o'yin natijalari qizg'in muhokama
qilinmoqda.
Biz futbol shinavandalarining hissiyotlarini hurmat
qilgan holda va to'planib qolgan savollariga javob berish uchun istisno
tariqasida, Sizlarning bizga ko'p minglik murojaatlaringizni inobatga
olgan holda, navbatdan tashqari matbuot anjumannini belgiladik.
Lekin, men bugun tashvishga solayotgan bazi bir fikrlar haqida do'st sifatida o'rtoqlashmoqchi edim.
Birinchidan,
Xalqaro Press-klub O'zbekiston Futbol Federaciyasi 15 iyun kuni tarqatgan
press-relizni yana bir bor o'qib chiqishni tavsiya etadi. CHunki unda ko'p
savollarga javob bor.
Ikkinchidan, Xalqaro Press-klub o'z hududida
futbol mutassadilari shaxsiyatini ishtrokchilar tomonidan taxqirlanishiga va
xaqoratlanishiga yo'l qo'ymaydi. Asosiy niyatimiz - futbol olamida bo'layotgan
turli fikrlar va mish-mishlar, qarama qarshi fikrlarga batafsil oydinlik
kiritish.
Uchinchidan, yo'l qo'yilgan xatolar, hozirgi yuzaga kelgan
vaziyatdan kelib chiqib to'g'ri xulosa va ijobiy natijalarga erishishga
qaratilgan. Zotan, biz muxlislarni ko'r ko'rona fanatizmdan holi bo'lishga
chaqirib qolamiz.
To'rtinchidan, Biz yutqazdik. Lekin bu
mag'lubiyatning ichki nafis olamimizni buzuvchi g'azabli tahlilidan kura,
O'zbek futbolining ertangi kunini: 5-10 yildan keyingi holatini tahlil
kilish va tavsiyalar ishlab chiqishimiz muhimroq.
Xalkaro Press klub
formatiga ko'ra, biz “sariq matbuot” uchun sensaciya yaratish yoki aybdorlar
izlash maqsadidan yiroqmiz. Aksincha, kelajakda ijobiy natijalarga erishish
uchun mustahkam poydevor yaratish yo'lidagi ochiq muloqot tarafdorimiz.
Iltimos, ulug' ayyom kunlari bir birimizga hurmatimizni va odobni
saqlaylik.
SHerzodxon Qudratxodjaev
Xalqaro Press-klub raisi
Fikrlar