So’nggi yangiliklar

18:51Левон Аронян: “Жавоҳир Синдаровга хоҳлаганини қилишига йўл қўйиб беришяпти” 0 18:30Осиё мамлакати ҳукуматнинг аралашуви туфайли ФИФАдан четлатилиши мумкин 0 18:09Нурмагомедов Царукянга: "Биз бу ерда узоқ қоламиз" 0 17:48Биринчи ракеткани мағлуб этган Кудерметова 1/2 финалда 0 17:27Арман Царукян бир ойлик ҳаражатларини очиқлади 0 17:06"Арсенал" Артета бўйича якуний қарор қабул қилди 0 16:45Конор Бен ва Режис Прогрейс тарозига чиқди 0 16:24Валентина Шевченко Жейк Полга кескин жавоб қайтарди 0 16:03Нурмагомедов чемпионлик камарини ҳимоя қилади. Рақиб маълум! 0 15:42"Реал" "Бавария" футболчиси учун 165 млн евро тўлашга тайёр 0 15:20Дзюдочиларимиз Қозоғистондаги мусобақада 24 та медаль билан умумжамоа ҳисобида биринчи бўлишди! 0 14:59Асламжон Ортиқовнинг жанги бекор қилинди 0 14:35Бокс. Осиё чемпионатида якуний рейтинг қандай бўлди? 0 14:05Рюдигер "Реал"нинг Чемпионлар Лигасидаги мағлубиятининг асосий сабабини айтди 0 13:39"Мен буни амалга ошираман". Фьюри телевидение тарихидаги энг катта шоуни ваъда қилди 0

18 avg 13:12
Yangiliklar

SHaxmat

Xalqaro turnirda etakchilar saralanmoqda, ular safida hamyurtimiz ham bor

Teglar :  SHaxmat
Poytaxtimizdagi Xalqaro shaxmat akademiyasida o'zbekistonlik birinchi grossmeyster Georgiy Agzamov xotirasiga bag'ishlab o'tkazilayotgan ananaviy xalqaro turnirda 3-tur o'yinlari ortda qoldi.

Etiborlisi, dunyoning 12 davlatidan 150 nafar aql-idrok sohiblari qatnashayotgan ushbu musobaqaning “A” guruhida hozircha hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov yo'qotishlarsiz odimlamoqda.

Turnirning 1-tartib raqamli ishtirokchisi sanalmish Abdusattorov 3-turda qora donalarda o'ynaganiga qaramay belaruslik Kirill Spivakni mag'lub etdi.

Musobaqada g'oliblikka asosiy davogarlardan yana biri armanistonlik SHant Sargisyan ham hozircha 100 foizlik natija qayd etib turibdi. U 3-turda ozarbayjonlik xalqaro master Muradli Muhammad ustidan g'alaba qozondi.

SHuningdek, hozircha yana bir armanistonlik shaxmatchi Tigran Arutunyan hamda Eron Islom Respublikasi vakili Arian Golamilar ham 3 o'yindan 3 ochko jamg'argan holda etakchilar safida borishmoqda.

Yosh, umidli shaxmatchimiz Humoyun Bekmurodovning 2,5 ochko bilan 5-8-o'rinlardan joy olib turganligi tahsinga loyiq. Hamyurtlarimizdan Nodirbek Yoqubboev hamda Bobir Sattorovlar ham xuddi shuncha ochko jamg'arishgan.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing