08 sen 08:26
Yangiliklar
Futbol

Xames Rodriges “Everton”ga o'tdi
“Everton” klubi rasmiy sayti Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Xames Rodrigesning transferini elon qildi.
Kolumbiyalik futbolchi ingliz klubi bilan 2+1 ko'rinishida shartnoma imzoladi. OAV xabarlariga ko'ra, “Everton” ushbu transfer uchun 20 million funt sterling (taxminan 22 million evro) sarflagan.
“Men haqiqatan ham boy tarixga ega ajoyib jamoada ekanligimdan baxtliman. Qolaversa, jamoani menga yaxshi tanish bo'lgan tajribali murabbiy boshqaradi. Men jamoam bilan katta yutuqlarni qo'lga kiritishga chanqoqman. Aynan shu maqsadda ushbu klubni tanladim”, - dedi Xames.
Havola :
Fikrlar