22 sen 17:11
Yangiliklar
Futbol

Xames Rodriges Qatar klubiga o'tmoqda
Kolumbiyalik yarim himoyachi Xames Rodriges Qatarning "Al Rayyan" klubi o'yinchisiga aylanmoqda.
30 yoshli xavbek shaxsiy shartnoma bo'yicha kelishuvga erishdi, bu haqda jurnalist Fabricio Romano xabar bermoqda. "Al Rayyan" o'yinchining rasmiy tizerini elon qildi.
Rodriges o'tgan mavsum "Everton"da o'ynadi va 26ta o'yinda maydonga tushib, 6ta gol va 9ta assist qayd etdi.
Qo'shimcha qilish kerakki, "Al Rayyan"ni hozirda Franciya terma jamoasi sobiq murabbiyi Loran Blan boshqarmoqda.
Havola :
Manba : twitter.com/AlrayyanSC
Fikrlar