12 fev 14:40
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/322555_220.jpg)
"Xamzat CHimaev dyu Plessini kurashda yuta oladi deb o'ylamayman" - UFC sobiq chempioni
UFC sobiq chempioni Daniel Kormening fikricha, CHimaev Drikus dyu Plessi bilan jangda teykdaun amalga oshira olmaydi.
"Menga Drikusning katta maqsadlari borligi yoqadi. Ammo u yarimog'ir vaznga o'tishdan oldin, o'rta vazn toifasida qiladigan ishlari bor. Xamzat CHimaev u uchun birinchi raqamli muammo.
Drikusning Striklend bilan jangini tomosha qilib, shunday xulosaga keldimki, Xamzat ham unga teykdaun amalga oshira olmaydi. U SHon bilan jangda juda yaxshi harakat qildi. Dyu Plessidan kamarni olib qo'yish qiyin bo'ladi.
Tushunarli, CHimaevning muxlislari ko'p va u odamlarga yoqadi. Ammo Xamzat qachondir Drikus kabi jangchi bilan uchrashganiga ishonchim komil emas", - dedi Korme.
Havola :
Manba : MMA Mania
Fikrlar