So’nggi yangiliklar

14:29Бруну Фернандеш Кэррик уни захирада қолдиргани ҳақида: "Бу тўғри қарор эди" 0 13:58UFC рейтинги янгиланди: Нолан Топ-10, Смит Топ-15`да 0 13:27Ҳасанбой Дўсматов IBA.Pro чемпионлик камари учун жанг қилади. Рақиб, сана ва манзил аниқ! 0 13:06Zuffa Boxing 13. Жаҳонгир Зокиров ва Раҳматулло Бойматовнинг рақиблари маълум (Тўлиқ кард) 0 12:35Нойер Чемпионлар лигасидаги ўйинлар сони бўйича рекордчига айланди 0 12:04Богдан Гусков: "Мақсад - нокаут!" 0 11:33Ўзбек спортчиси Жон Жонс ва Илия Топурия билан бир жамоада: "Бардак" АҚШдаги менежерлик компанияси билан келишувга эришди 0 11:02Chennai Open. Кудерметова муваффақиятли старт олди 0 10:31ОЧЛ 2. Бугун "Насаф" ўйнайди 0 09:45Уиттакер Гусковнинг зарба кучини юқори баҳолади 0 08:52Ирода Тўлаганова Республика олимпия захиралари теннис мактабига директор этиб тайинланди 0 19:52Ковингтон RAF турнирида Махачевга кураш таклиф қилди 0 19:02Жиддий тўқнашувда қатнашган "Тенерифе" футболчиси вафот этди 0 18:18Жонни Уокер укаси Вальтер билан жанг қилмаслигини айтди 0 17:26Жалгасбай Бердимуратов PWL Moscow турнирида иштирок этади 0

21 okt 16:57
Yangiliklar

Eshkak eshish

Xanchjou-2022 Osiyo o'yinlari sovrindori bo'lgan o'zbekistonlik sportchi doping tufayli 3 yilga diskvalifikaciya qilindi

O'zbekiston "Rowing&Sanoe" federaciyasi sportchisi Xolmurodov SHohmuroddan musobaqa davrida olingan doping sinamasida sportda taqiqlangan "Klomifen" moddasi borligi aniqlangan.

Bu haqda Milliy antidoping agentligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

"Butunjahon antidoping kodeksining 2.1 qoidasi (Taqiqlangan modda yoki uning metabolitlari va markerlari spotrchi analizida mavjudligi)ni buzganligi sababli Butunjahon antidoping kodeksining 10.2.1 bandiga asosan sportchi 3 yil muddatga diskvalifikaciya qilindi.

Malumot uchun aytib o'tmoqchimiz, diskvalifikaciya jazo muddatini o'tayotgan shaxs (sportchi, murabbiy v.x.k) diskvalifikaciya muddati tugaganga qadar xalqaro va milliy toifadagi musobaqalar va o'quv-mashg'ulot yig'inlarida ishtirok etishi taqiqlanadi. Agar yuqoridagi talablar bajarilmagan taqdirda ushbu shaxsga umrbod diskvalifikaciya muddati qo'llanilishi mumkin. SHuningdek, kodeksda sport federaciyasi yoki associaciyasiga nisbatan ham jazo chorasi qo'llash mumkinligi belgilangan", deyiladi xabarda.

Takidlash joiz, SHohmurod Xolmurodov o'tgan yili Xitoyning Xanchjou shahrida o'tkazilgan Osiyo o'yinlarida Nurislom To'xtasin o'g'li bilan birgalikda oltin medalini qo'lga kiritgan edi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing