19 apr 15:11
Yangiliklar
Futbol

Xedira joriy mavsum boshqa maydonga tushmaydi
"Yuventus" yarim himoyachisi Sami Xedira mavsumning qolgan qismini o'tkazib yuboradi.
"Tizzadagi 4 oylik og'riqdan so'ng to'liq oyoqqa turish uchun operaciya qildirishga qaror qildim. Jarrohlik amaliyoti ikki haftadan keyin o'tkaziladi. Maqsadim - kelasi mavsumga to'liq tayyor bo'lish" - dedi yarim himoyachi.
Oldinroq, futbolchi yuragini operaciya qildirib, bir oy maydonga tusha olmagan edi. Xedira turli jarohatlar tufayli klubining 17ta uchrashuvini o'tkazib yubordi.
Havola :
Fikrlar