20 okt 09:17
Yangiliklar

Xemilton 4-o'rinni egallagan AQSH Gran-Prisida kim chempion bo'ldi?
Salkam 309 km masofada o'tgan poygada "Red Bull" piloti Maks Ferstappen g'oliblikni qo'lga kiritdi. U 56 aylanani eng yaxshi ko'rsatkich bilan bosib o'tdi. Lando Norris ("Maklaren") ikkinchi o'rinni egallagan bo'lsa, kuchli uchlikka "Ferrari" jamoasi azosi SHarl Lekler yakun yasadi. Afsonaviy Lyuis Xemilton 4-o'rin bilan kifoyalandi.
Formula-1 2025. 19-bosqich, Ostin, AQSH
AQSH Gran-prisi. Poyga (56 aylana, 308.405 km)
1. Maks Ferstappen («Red Bull») — 56 aylana.
2. Lando Norris («Maklaren») +7.959.
3. SHarl Lekler («Ferrari») +15.373.
4. Lyuis Xemilton («Ferrari») +28.536.
5. Oskar Piastri («Maklaren») +29.678.
6. Jorj Rassell («Mersedes») +33.456.
7. Yuki Cunoda («Red Bull») +52.714.
8. Niko Xyulkenberg («Kik-Zauber») +57.249.
9. Oliver Berman («Xaas») +1:04.722.
10. Fernando Alonso («Aston Martin») +1:10.001.
11. Liam Louson («Reysing Bullz») +1:13.209.
12. Lens Stroll («Aston Martin») +1:14.778.
13. Andrea Kimi Antonelli («Mersedes») +1:15.746.
14. Aleks Albon («Uilyams») +1:20.000.
15. Esteban Okon («Xaas») +1:23.043.
16. Isak Xadjar («Reysig Bullz») +1:32.807.
17. Franko Kolapinto («Alpin») +1 krug.
18. Gabriel Bortoleto («Kik-Zauber») +1 aylana.
19. Per Gasli («Alpin») +1 aylana.
20. Karlos Sayns («Uilyams») — finishga etib kelmadi.
Konstruktorlar Kubogida "Maklaren" jamoasi katta farq bilan peshqadamlik qilmoqda. "Mersedes" va "Ferrari" jamoalari kuchli uchlikda borishyapti. "Red Bull" ikkinchi o'rindagi "Mersedes"dan 10 ball ortda qolgan holda 4-pog'onadan joy olgan.
Konstruktorlar Kubogi:
1. «Maklaren» — 678 ochko.
2. «Mersedes» — 341.
3. «Ferrari» — 334.
4. «Red Bull» — 331.
5. «Uilyams» — 111.
6. «Reysing Bullz» — 72.
7. «Aston Martin» — 69.
8. «Kik-Zauber» — 59.
9. «Xaas» — 48.
10. «Alpin» — 20.
Fikrlar