28 dek 07:01
Yangiliklar
Xemilton: "Faoliyatimni chempion sifatida yakunlamoqchiman"
“2022 yilda g'alabalarning yo'qligi, albatta, demotivaciya emas, menda avval ham shunday mavsumlar bo'lgan. Menimcha, bu oxirgi marta 2001 yilda kartingda sodir bo'lgandi. Men cho'qqida bo'lish va u erda qolish qanchalik qiyinligini bilaman. Va biz u erga qaytishni xohlaymiz.
Mavsum yakuni ko'p umidbaxsh etadi. So'nggi bir necha poygalar ijobiy tendenciyani ko'rsatdi. Qattiq harakat bilan hamma narsaga erishish mumkin. Ayni vaqtda men sakkizinchi titul haqida o'ylamayapman. Hozir mening hayolim Rojdestvo bayrami va singlimning farzandlari bilan o'tkazadigan vaqtimda.
Men faoliyatimni jahon chempioni sifatida yakunlamoqchiman. Bu har bir sportchining orzusi", — deya Lyuis Xemiltonning so'zlarini keltiradi Bild.
Fikrlar