15 dek 07:44
Yangiliklar
Xemilton va Bottas 100 ta Gran-prini birga o'tkazgan ikkinchi poygachilar juftligi!
Bottas 2017 yilda "Mersedes"ga o'tgan va Abu-Dabi Gran-prisida Germaniya jamoasidagi o'zining 101, Xemilton bilan esa 100-poygasini o'tkazdi. (Lyuis 2020 yilgi Saxir Gran-prisida Jorj Rassel bilan almashtirilgan). Bu vaqt ichida jamoadoshlar beshta Konstruktorlar kubogini qo'lga kiritdi, Xemilton to'rtta shaxsiy unvonga ega chiqdi. 2022 yilgi mavsumdan boshlab Valtteri "Alfa Romeo" sharafini himoya qiladi.
Valtteri Bottas: “Xemilton va men "F-1" tarixidagi eng muvaffaqiyatli poygachi juftlikmiz".
Ushbu ko'rsatkich bo'yicha rekord 2000 yildan 2005 yilgacha 104 ta poygani birgalikda o'tkazgan Mixael SHumaxer va Rubens Barrikelloga tegishli. SHuningdek, peshqadamlar qatorida "Maklaren"da Mika Xakkinen va Devid Kultxard (99 Gran-pri), "Red Bull"da Sebastyan Fettel va Mark Uebber (94), "Ferrari"da Fettel va Kimi Raykkonen (81) bor.
Fikrlar