25 may 12:19
Yangiliklar
Xitoy Gran-Prisi o'zbek dzyudochilari uchun muvaffaqiyatsiz boshlandi
Ushbu bahslarda O'zbekiston terma jamoasi sportchilari ham ishtirok etishlari haqida xabar bergandik.
Bugun musobaqaga start berildi. Dastlabki kun dasturida uch nafar hamyurtimiz tatamiga chiqishi rejalashtirilgandi.
-66kg vazn toifasidagi bellashuvlarda ishtirok etgan hamyurtlarimiz SHahram Ahadov va Sardor Nurillaevlar uchinchi davragacha etib borib, imkoniyatni boy berib qo'yishdi. Qizlar o'rtasida -57kg vazn toifasida bahslarda qatnashgan Amangul Allanazarova esa ilk davrada mag'lubiyatga uchradi.
27 mayga qadar davom etadigan musobaqada hali yana quyidagi sportchilarimiz sovrinli o'rinlar uchun kurash olib boradilar:
-73kg: G'iyosjon Boboev
-73kg: Mirzoxid Farmonov
-81kg: SHarofiddin Boltaboev
-90kg: SHahzodbek Sobirov
-100kg: Muhammadkarim Hurramov
+100kg: Ihtiyor Xolmurodov
+100kg: Bekmurod Oltiboev
Ayollar:
-70kg: Gulnoza Matniyozova
Fikrlar