So’nggi yangiliklar

19:23Арбелоанинг муваффақият сири: Гвардиола, Моуриньо ва Симеоне устидан ғалабалар ҳақида 0 19:02Дана Уайт: "Бу ахлат билан шуғулланадиган бошқа одамлар бор, мен эмас!" 0 18:41"Абсурд" — Ренато Мойкано Евлоев - Мёрфи жанги натижасини танқид қилди 0 18:20"Қайтиш истагим йўқ эди". Фьюри Маҳмудов билан бўлажак жанг ҳақида гапирди 0 17:59"МЮ чемпионлик учун курашарди!" — Майкл Оуэн Кэррикнинг ишига юқори баҳо берди 0 17:38Евлоев Волкановскига жавоб берди: "Сени енгиш учун менга кураш керак эмас!" 0 17:17Холлоуэй Макгрегор билан иккинчи жангни хоҳламоқда 0 16:56Лерон Мёрфи Диего Лопесга "вызов" ташлади 0 16:35"Бир вақтнинг ўзида "Атлетико"ни ҳам бошқараман!" — Клопп "Реал" ҳақидаги миш-мишларга кескин жавоб берди 0 16:14Алекс Волкановски Евлоевга қарши эҳтимолий жанг муддатини айтди 0 15:53Жон Жонс: "Россия янги ўғил асраб олди" 0 15:32Дана Уайт Жон Жонснинг янги баёнотига кескин жавоб қайтарди 0 15:11Гвардиола Европанинг энг кучли уч жамоасини айтди: "Арсенал" ҳам рўйхатда! 0 14:5019 ёшли аёл боксчи нокаутдан сўнг сунъий комага ўтказилди 0 14:29Мовсар Евлоев Волкановски билан UFC чемпионлик жанги учун қачон тайёр бўлишини айтди 0

26 may 17:10
Yangiliklar

Boshqalar

Xitoyda Osiyo va Okeaniya davlatlari sport rahbarlari uchrashuvi bo'lib o'tdi

Xitoyning Xanchjou shahrida Osiyo va Okeaniya davlatlari sport rahbarlari ishtirokida “Sportda dopingga qarshi kurash” mavzusida 14–hukumatlararo kengash bo'lib o'tdi.


Anjumanda mamlakatimizdan Jismoniy tarbiya va sport davlat qo'mitasi raisi Rustam Qurbanov boshchiligidagi delegaciya ishtirok etdi. Uchrashuv joyi sifatida Xanchjou tanlangani bejiz emas, albatta. 2022 yili XIX Osiyo o'yinlari aynan shu shaharda o'tkaziladi.

Sakkiz million aholisi bo'lgan Xanchjou mamlakat sharqida joylashgan va SHarqiy-Xitoy dengizidagi port sifatida malum. Temir yo'l vokzali va zamonaviy aeroport shaharni mintaqaning ko'plab shaharlari bilan bevosita bog'lagan. Xanchjou sanoati rivojlangani, xalq hunarmandchiligi ananalariga egaligi, Sixu ko'li sohilida joylashgan sihatgohi, Xitoy choyi milliy muzeyi, milliy memorchilik obidalari bilan tanilgan. SHaharda faoliyat olib boruvchi 20 universitetda turli mamlakatlardan kelgan talabalar, jumladan o'zbekistonliklar ham tahsil olishadi.

Kengashga tashrif buyurgan 27 mamlakat vakillarini XXR sport vaziri o'rinbosari Li Inchuan hamda CHjeczyan provinciyasi vice-gubernatori CHen Yuechun samimiy qutlashdi.
Butunjahon dopingga qarshi agentligi (WADA) vice-prezidenti, Norvegiya madaniyat va sport vaziri Linda Xofstad Xelland, WADA boshqarma boshlig'i o'rinbosari Rob Koxler maruza qilishdi.
Anjuman davomida delegatlar taqiqlangan moddalardan sportchilar foydalanishiga qarshilik ko'rsatish borasida to'plangan ilg'or tajriba va innovacion metodlar haqida so'z yuritishdi.
Kengash dasturidan yana bir qator muhim masalalar o'rin olgani etiborga molik. YUNESKOning sportda dopingga qarshi xalqaro konvenciyasiga azo mamlakatlarda qo'lga kiritilayotgan natijalar, Butunjahon dopingga qarshi kodeksining istiqboli, Osiyo va Okeaniya mintaqasining WADA faoliyatiga qo'shayotgan hissasi, “toza sportchi”ni muhofaza qilishning tibbiy jihatlari hamda bu borada mutasaddilarning roli xususida fikr-mulohaza almashildi. Agentlikning Osiyo va Okeaniya mintaqasi bo'yicha 2018 yilga byudjeti ko'rib chiqildi va tasdiqlandi.
Kengash qatnashchilari Xanchjou 2022 yilgi XIX Osiyo o'yinlariga qanday tayyorgarlik ko'rayotgani bilan tanishish imkoniga ega bo'lishdi. O'zbekiston davlat sport qo'mitasi raisi o'yinlar tashkiliy qo'mitasi rahbarlaridan biri janob Jong Xangvey bilan batafsil suhbatlashdi.


Tashrif davomida Rustam Qurbanov bir nechta ikki tomonlama uchrashuvlar o'tkazgani diqqatga sazovor.

XXR sport vaziri o'rinbosari Li Inchuan bilan uchrashuv jarayonida o'zaro hamkorlikning ko'plab masalalari atroflicha muhokama qilindi. Xitoy sporti rahbari nufuzli xalqaro musobaqalarda o'zbekistonliklar erishayotgan yutuqlar salmog'i oshi borayotganini etirof etdi. Jumladan, may oyida Toshkentda o'tgan Osiyo chempionatida o'zbek bokschilari 10 ta vazn toifasidan 9tasida oltin medallarni qo'lga kiritganiga qoyil qolganini  alohida takidladi. Kelgusida musobaqalarga tayyorgarlik ko'rish va ularni o'tkazish, mutaxassislar malakasini oshirish va tajriba almashish borasida o'zaro manfaatli hamkorlikni yo'lga qo'yish har ikki tomon uchun foydali ekani qayd etildi. Li Inchuan o'zbekistonlik hamkasbini 2022 yili Xanchjouda o'tadigan Osiyo o'yinlari hamda Pekinda bo'ladigan qishki olimpiadaga taklif etdi.
Butunjahon dopingga qarshi agentligining hukumatlararo munosabatlar bo'yicha mutasaddisi Rene Bushard, WADA vice-prezidenti, Norvegiya madaniyat va sport vaziri Linda Xofstad Xelland bilan muloqot chog'ida sportda dopingga qarshi kurash masalalariga alohida etibor qaratildi. Tomonlar taqiqlangan moddalar sportning sofligiga, sportchilarning salomatligiga juda katta ziyon etkazish bilan bir qatorda, musobaqalarda haqiqiy g'oliblarni aniqlashga monelik qilishi yuzasidan fikrlari bir xil ekanini etirof etishdi. WADA vakillari yirik xalqaro musobaqalarda mamlakatimiz vakillarining sezilarli muvaffaqiyatlarini alohida qayd etib, o'zaro hamkorlik rivoj topishiga umid bildirishdi.

Rustam Qurbanov, shuningdek, Qirg'iziston davlat sport qo'mitasi raisi K.Amankulov,  Qozog'iston madaniyat va sport vazirligi rahbarlaridan biri A.Esimov bilan ham uchrashdi. Qo'shni davlatlar vakillari bilan suhbat chog'ida yirik xalqaro musobaqalarga tayyorgarlik ko'rish va ularni o'tkazishda hamkorlikni kengaytirish, birgalikda o'quv-mashq yig'inlari va turli musobaqalarni tashkil etish masalalari ko'rib chiqildi. Jumladan, yurtdoshlarimizning Issiqko'l o'yinlaridagi ishtirokiga alohida etibor berildi.
Xanchjoudagi kengash va uchrashuvlar sportda dopingga qarshi kurashni kuchaytirish, Osiyo va Okeaniya mintaqasidagi mamlakatlar sport jamoatchiligi bilan do'stona aloqalarni rivojlantirishga hissa qo'shishi shubhasiz.

Jismoniy tarbiya va sport davlat qo'mitasi matbuot xizmati

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing