So’nggi yangiliklar

19:20Бенавидес ва Чесляк ўртасидаги бирлаштирувчи жанги расман эълон қилинди 0 18:45"Ризеспор" бош мураббийи Ҳусниддин Алиқуловнинг ҳолати ҳақида маълумот берди 0 18:07Чимаев вакант UFC камари жанг қилишга тайёр 0 17:29Ненад Лалович UWW президенти лавозимига қайта сайланди. У сайловда ягона номзод эди 0 16:50Хайме Мунгия Бектемир Мелиқўзиев билан келаси йил жанг қилмоқчи 0 16:16Абдуқодир Ҳусанов УЕФА Чемпионлар лигасидаги энг тезкор марказий ҳимоячи деб топилди 0 15:41Жастин Гэтжи Трамп билан пулга гольф ўйнамоқчи 0 14:51Жаҳонгир Зокировнинг Zuffa Boxing’даги навбатдаги рақиби маълум бўлди 0 13:58Чарльз Жонсон Рамазон Темировнинг нокаут бўлишини исташини айтди 0 13:17"Манчестер Юнайтед"ни бошқариш учун асосий номзод номи маълум — talkSPORT 0 12:35АҚШ профессионал боксчиларига терма жамоа сафида жанг қилиш имконини берди 0 11:57Нодирбек Абдусатторов 2027 йилда ҳам NAVI сафида қолади 0 11:13Asian Boxing League турнири номаълум муддатга қолдирилди 0 10:24Ўзбекистон кубогининг 1/2 финал сана ва манзиллари маълум 0 10:15Полина Кудерметова дунё рейтинги пешқадамига қарши кортга чиқди 0

12 sen 09:40
Yangiliklar

Kurash

Xivada etnosport doirasida belbog'li kurash bo'yicha xalqaro turnir o'tkazildi FOTOGALEREYA

7-11 sentyabr kunlari Xiva shahridagi "Ichan qala" tarixiy majmuasida ilk bor Xalqaro etnosport festivali bo'lib o'tdi.

Mazkur festival doirasida milliy sport turimiz sanalgan belbog'li kurash bo'yicha erkaklar o'rtasida beshta vazn toifasida xalqaro turnir ham tashkil etildi.

O'zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi hamda Jahon belbog'li kurash associaciyasi tomonidan o'tkazilgan xalqaro turnirda Hindiston, Mo'g'uliston, Rossiya, Ozarbayjon, Qozog'iston, Qirg'iziston, Tojikiston, Turkmaniston kabi 10 dan ortiq davlatlarning nomdor polvonlari g'oliblik yo'lida gilamga chiqishdi.

G'olib va sovrindorlar: 

75 kg vazn toifasi 

1. Nusrat Yuldoshev (O'zbekiston) 

2. Kazbek ulu Irlan (Qirg'iziston) 

3. Agayusup Garaev (Turkmaniston) 

3. Feruzjon Ziyoev (Tojikiston). 


82 kg vazn toifasi

1. Og'abek Amatbaev (O'zbekiston) 

2. Ro'zimurat Medov (Turkmaniston)

3. Tarlan Agaev (Ozarbayjon) 

3. Eldiyar Seksenbaev (Qirg'iziston). 

90 kg vazn toifasi

1. Annagurban Allaberdiev (Turkmaniston) 

2. Bekzod Abdurahmonov (O'zbekiston) 

3. Aliaksandr Krulik (Belarus)  

3. Netbaxtjon Ziyoev (Tojikiston).

 

100 kg vazn toifasi

1. Nobatgeldi Nazarov (Turkmaniston) 

2. Bulat Musin (Rossiya) 

3. Topchubek Alimjan ulu (Qirg'iziston) 

3. Temur Seyduzov (AQSH). 


+100 kg vazn toifasi

1. Nursulton Kuzageldi ulu (Qozog'iston) 

2. Raniz Gilyazetdinov (Rossiya) 

3. Toshpo'lat Asadov (O'zbekiston) 

3. Muhammad Mamedzoda (Ozarbayjon). 

Turnir yakuniga etgach, g'olib va sovrindorlarni taqdirlash marosimi tashkil etildi. Kuchli uchlikdan joy olgan polvonlar jahon belbog'li kurash konfedraciyasi tomonidan diplom va medallar mukofotlanishdi. Taqdirlash marosimida jahon belbog'li kurash associaciyasi prezidenti Azizbek G'aniev ishtirok etdi.

SHuningdek, turnir doirasida Jahon belbog'li kurash associaciyasi prezidenti Azizbek G'aniev raisligida navbatdagi kongress ham tashkil etildi. Unda Jahon belbog'li kurash associaciyasi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar sarhisob qilindi.

Kongressda jahon belbog'li kurash associaciyasi prezidenti Azizbek G'aniev tomonidan Ozarbayjon, Litva, Turkmaniston, Tojikiston, Qozog'iston, Qirg'iziston, Italiya, Ispaniya, Rossiya, O'zbekiston, Hindiston, Eron, AQSH, SHveciya, Janubiy Koreya, Yaponiya, Xitoy, Gruziya, Isroil, Mo'g'uliston, Estoniya hamda Latviya belbog'li kurash federaciyasi rahbarlariga azolik sertifikatlari topshirildi.

Kongress so'nggida Amerika Qo'shma SHtatlari belbog'li kurash federaciyasi vakili, Toshkent-Sietl hamdo'stlik shaharlari associaciyasi raisi Lola Zaxarova bilan AQSHda belbog'li kurashni ommalashtirish borasida Jahon belbog'li kurash associaciyasi prezidenti Azizbek G'aniev, Osiyo belbog'li konfedraciyasi raisi Mo'min Muratov hamda O'zbekiston belbog'li kurash federaciyasi raisi Ravshan Dastirovlar bilan hamkorlik memorandumi imzolandi.

Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing