01 apr 18:30
Yangiliklar

Xokkey. Armaniston va CHexiya termalari kuch sinashdi
Gyumri shahridagi “Do'stlik” bog'ida ochiq osmon ostidagi yaxmalakda armanistonliklarga qarshi CHexiya termasi tarkibida havaskorlar va faxriylar o'ynagani etiborga molik. Bu haqda sportaran.com xabar berdi.
Uchrashuv 6:3 hisobida maydon egalarining g'alabasi bilan yakunlandi. Gollarga Sergey Xudyakov, Ivan Inyakov (uch marta), Pavel Egiazaryan va Arsen Ambarcumyan mualliflik qilishdi.
CHexiyaning Armanistondagi elchisi Petr Pilunchik mehmonlar safida Gyumridagi do'stona muhitda xokkey o'ynash zavq bag'ishlaganini etirof etib, jamoadoshlari o'yinga bir kun qolganda etib kelishgani bois charchab qolishganiga qaramay, faol va ko'tarinki kayfiyatda harakat qilishganini takidladi.
Mirzahakim To'xtamirzaev
Fikrlar