So’nggi yangiliklar

10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0 08:37Дастин Порье Рамазон Темировнинг жанги ҳақида гапирди 0 19:41Майк Мэлотт UFC 336 турнирида иштирок этади 0 19:03Манба: Каннаваро Мексика ёки АҚШ клубларини бошқариш имкониятини кўриб чиқмоқда 0 18:25Guangzhou Challenger: Ҳумоюн Султоновни чорак финал остонасида тўхтатишди 0 17:44"У кучли зарба берадиган жангчи". Кавана жанг олдидан Рамазон Темиров ҳақида гапирди 0 16:55Жанибек Алимханули WBO камари учун жанг қилади 0 16:06"Сабаҳ" — жорий мавсум ушбу натижага эришган EЧЛдаги биринчи жамоа! 0 15:17Хргович Уордлига фаолиятини якунлашни маслаҳат берди 0 14:18Шакур Стивенсон Zuffa Boxing’дан кетганини эълон қилди 0 13:19Шожҳаҳон Эргашевни Озарбайжон ва Қирғизистондан жангга чорлашди 0 12:28Ламин Ямаль жорий мавсум Топ-5 лигаларда биринчи бўлиб ушбу натижага эришди 0 11:37Йэн Гэрри шу йилнинг охиригача яна жанг қилади — манба 0 09:46Жавоҳир Умматалиевнинг жанг санаси ва манзили ўзгарди 0

04 apr 12:46
Yangiliklar

Xokkey

Xokkey bo'yicha JCH oldidan. Raqibimiz - Quvayt!

Teglar :  XokkeyQuvayt
13-19 aprel kunlari Armanistonda shaybali xokkey jahon chempionati o'tkaziladi.

Musobaqada O'zbekiston milliy terma jamoasi ilk bora jahon chempionatida ishtirok etadi.

JCH davomida terma jamoamizga raqiblik qiladigan Quvayt haqida malumotlar bilan tanishing.


IIHF reytingidagi hozirgi o'rni: 52

Jahon chempionatidagi eng yaxshi ko'rsatkichi: IV divizionda 2-o'rin (2024).

Quvayt terma jamoasi jahon chempionatida 4-marta ishtirok etadi. “Lochinlar” ikki marta III B divizioni saralash bosqichida ishtirok etishgan, lekin turnirning asosiy qismiga chiqa olishmagan. SHu tariqa ular to'rtinchi diviziondan yuqoriga ko'tarila olmagan.

IV divizion bo'yicha bundan avvalgi jahon chempionati Quvaytda bo'lib o'tdi. Mezbonlar uyda ikkinchi o'rinni egallashdi. Ular Malayziya va Indoneziya termalarini mag'lub etishdi, ammo jahon turnirda g'olib chiqqan Mo'g'uliston jamoasiga imkoniyatni boy berishdi.

O'sha turnirning eng sermahsul mergani Quvayt terma jamoasi vakili Ilya Drozdeckix bo'ldi. 3ta uchrashuvda qatnashgan hujumchi 17 (7+10) ochko jamg'argani etiborga molik.

Asli Rossiyaning Tyumen shahridan bo'lgan 26 yoshli hujumchi 2022 yildan beri Quvayt terma jamoasida o'ynab kelmoqda. O'z davrida Ilya “Yugra Mamontlari” klubi safida Rossiya yoshlar ligasida 150 dan ortiq o'yin o'tkazgan, 2018/2019 yillar mavsumida Xarlamov kubogida konferenciya finaliga chiqqan. SHuningdek, u Kurgan shahrining “Zaurale” jamoasi safida Oliy xokkey ligasida 17 ta o'yin o'tkazgan.

Quvayt termasi tarkibida Rossiya, Belarus va CHexiyadan mahalliylashtirilgan xokkeychilar bor.

Erevandagi turnirda O'zbekiston va Quvayt termalari uchrashuvi 13 aprel kuni Toshkent vaqti bilan soat 18:00 da boshlanadi.

Mirzahakim To'xtamirzaev

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing