11 apr 10:35
Yangiliklar
Xokkey bo'yicha O'zbekiston chempionatining yarim final juftliklari aniqlandi
Muntazam chempionat yakuniga ko'ra, turnir jadvalida birinchi o'rinni "Feniks" jamoasi 19 ochko bilan, ikkinchi o'rinni "Binokor" 15 ochko bilan, uchinchi o'rinni esa "Semurg'" 12 ochko bilan qo'lga kiritdi, "SHerdor" jamoasi esa etti ochko qo'lga kiritgan holda so'nggi o'rindan joy oldi.
Yarim final juftliklari:
"Feniks" - "SHerdor",
"Binokor" - "Semurg'".
O'zbekiston chempionatida 4 ta jamoa – "Binokor" (Toshkent), "Feniks" (Toshkent), "Semurg'" (Toshkent) va "SHerdor" (Samarqand) jamoalari ishtirok etmoqda. Uchrashuvlar Toshkentdagi "Humo" va "Alpomish" arenalarida, Samarqanddagi "Ice Arena"da o'tkaziladi.
O'zbekiston Respublikasi chempionati reglamentiga ko'ra, pley-offning har bir bosqichi bitta jamoaning uchta g'alabasigacha davom etadi.
Fikrlar