31 iyu 17:59
Yangiliklar
Xokkey

Xokkey bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi azosi Pavel Sinyavskiyning otasi avtohalokatda vafot etdi
Bu haqda Aleksandr Malishev o'zining Telegram kanalida malum qildi.
Permning "Molot" klubi va O'zbekiston terma jamoasi hujumchisi Pavel Sinyavskiy oilasida dahshatli fojea yuz berdi. Pashaning otasi Sergey avtohalokatda vafot etdi, onasi va singlisi kasalxonada.
Ekaterinburglik xokkeychi "Humo" bilan to'rt mavsum birga bo'lgan. U aprel oyida O'zbekiston terma jamoasi bilan IV divizionda Jahon chempioni bo'lgandi.
Sizga kuch-quvvat tilayman, Pash. Xokkey dunyosi sizning dardingizni baham ko'radi", deb yozgan "Humo"ning sobiq matbuot kotibi Aleksandr Malishev.
O'zbekiston xokkey federaciyasi va Toshkentning "Humo" xokkey klubi ham Pavel Sinyavskiyga hamdardlik bildirgan.
Havola :
Manba : t.me/abmhockey
Fikrlar