So’nggi yangiliklar

17:02Каррик: "Мен айбни тўлиқ ўз зиммамга оламан" 0 16:16Ўзбекистон профессионал бокс федерацияси уч спортчини четлатиш масаласини кўриб чиқмоқда 0 15:20Теремоанани Жалолов билан эҳтимолий жангдан огоҳлантиришди 0 14:43Дю Плесси жамоаси Анкалаев билан жанг таклифини рад этган 0 13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0 08:37Дастин Порье Рамазон Темировнинг жанги ҳақида гапирди 0 19:41Майк Мэлотт UFC 336 турнирида иштирок этади 0 19:03Манба: Каннаваро Мексика ёки АҚШ клубларини бошқариш имкониятини кўриб чиқмоқда 0 18:25Guangzhou Challenger: Ҳумоюн Султоновни чорак финал остонасида тўхтатишди 0

05 okt 14:53
Yangiliklar

Xokkey

Xokkey. "Humo"ning bugungi raqibi, KXLning sobiq jamoasi "Yugra" haqida nimalar bilamiz?

Teglar :  XokkeyHumoYugra
Bugun Toshkentning "Humo" jamoasi Xanti-Mansiyskning "Yugra" jamoasiga qarshi o'yin o'tkazadi.

SHu munosabat bilan klub matbuot xizmati raqib jamoa haqidagi malumotlarni taqdim etdi. Olamsport.com sayti ushbu malumotlarni o'zbek tiliga tarjimasini taqdim etadi. 

Jamoa 2006 yilda tashkil topgan. 2006/2007 yilgi mavsumda Rossiya chempionatining II divizionida ishtirok etgan va professional statusga ega bo'lgan. 2007/2008 yilgi mavsumda I divizionda qatnashgan. 2008/2009 va 2009/2010 yillarda Oliy liga chempioni bo'lgan va "Bratina kubogi"da ketma-ket ikki marotaba g'alaba qozongan Rossiyaniing dastlabki jamoasiga aylandi. ("Yugra"ning muvaffaqiyatini oradan ikki yil o'tib "Toros" takrorlaydi"). 

Klub 2009 yilda o'z bag'riga 5500 tomoshabinni sig'dira oladigan "Yugra Arena"ga ko'chib o'tgan. 

2010 yilda jamoa KXLga yo'llanma oladi va Gagarin Kubogining pley-offida ishtirok etadi. "Yugra" muntazam chempionatni o'shanda 87 ochko bilan o'ninchi o'rinda tugatgan (sharqiy konferenciyada beshinchi o'rin). CHorak finalda 6 ta o'yinda Magnitogorskning "Metallurg" jamoasiga yutqazgan (2:4). 

2019/2020 yilgi mavsumda "Yugra" 10 ta o'yindan so'ng umumiy jadvalda 18 ochko bilan oltinchi o'rinni egallab turibdi. Jamoa to'purari ayni paytda Kirill Pilipenko hisoblanadi (#13). Uning hisobida 10 ta o'yindan so'ng 13 ochko bor - 8 ta gol, 5 ta golli uzatma. 


Bosh murabbiy: Vadim Sergeevich Epanchincev.


«Yugra» Xanti-Mansiysk

Asos solingan yili: 2006

Natijalari: 

Oliy liga chempioni (2008/09, 2009/10)

Birinchi liga chempioni (2007/08)

Ikkinchi liga chempioni (2006/07)

Boshqirdiston Respublikasi Kubogi sohibi (2011)

Blinov xotira turniri finalchisi (2012)


Eslatib o'tamiz, "Humo" - "Yugra" o'yini bugun "Humo Arena"da soat 17:00da start oladi. 

Uchrashuvga tashrif buyuring va jamoamizni qo'llab-quvvatlang! O'yin uchun chiptalarni "Humo Arena" kassalaridan sotib olishingiz mumkin.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing