So’nggi yangiliklar

10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0 08:37Дастин Порье Рамазон Темировнинг жанги ҳақида гапирди 0 19:41Майк Мэлотт UFC 336 турнирида иштирок этади 0 19:03Манба: Каннаваро Мексика ёки АҚШ клубларини бошқариш имкониятини кўриб чиқмоқда 0 18:25Guangzhou Challenger: Ҳумоюн Султоновни чорак финал остонасида тўхтатишди 0 17:44"У кучли зарба берадиган жангчи". Кавана жанг олдидан Рамазон Темиров ҳақида гапирди 0 16:55Жанибек Алимханули WBO камари учун жанг қилади 0 16:06"Сабаҳ" — жорий мавсум ушбу натижага эришган EЧЛдаги биринчи жамоа! 0 15:17Хргович Уордлига фаолиятини якунлашни маслаҳат берди 0 14:18Шакур Стивенсон Zuffa Boxing’дан кетганини эълон қилди 0 13:19Шожҳаҳон Эргашевни Озарбайжон ва Қирғизистондан жангга чорлашди 0 12:28Ламин Ямаль жорий мавсум Топ-5 лигаларда биринчи бўлиб ушбу натижага эришди 0 11:37Йэн Гэрри шу йилнинг охиригача яна жанг қилади — манба 0 09:46Жавоҳир Умматалиевнинг жанг санаси ва манзили ўзгарди 0

06 mar 21:21
Yangiliklar

Xokkey

Xokkey. O'zbekiston U-18 terma jamoasi o'z divizionida chempion bo'ldi va yuqori ligaga yo'l oldi

Teglar :  Xokkey
O'zbekiston U-18 terma jamoasi o'zining ilk Jahon chempionatida (III divizion, B guruhi)da g'alaba qozondi.

28 fevral - 6 mart kunlari Tailand poytaxti Bangkok shahrida bo'lib o'tgan turnirda yigitlarimiz ilk urinishdayoq yuqoriroq divizionga ko'tarilishdi. Vakillarimiz kelasi mavsumda U-18 Jahon CHempionatida III divizionning A guruhida ishtirok etishadi.

O'zbekiston terma jamoasi guruhdagi barcha o'yinlarda g'alaba qozondi: Janubiy Afrika Respublikasi (12:0), Lyuksemburg (12:1), Turkmaniston (8:2) va Bosniya va Gercegovina (11:3). Nihoyat, 6 mart kuni hal qiluvchi bahsda Tailand jamoasi ustidan 3:2 hisobida qiyin g'alabaga erishildi. 


O'tgan yili bizning yigitlar Tailand terma jamoasi bilan Osiyo va Okeaniya Kubogida (Toshkent va Samarqand, aprel 2024) ikki bor to'qnash kelishgan edi. O'shanda O'zbekiston chempion bo'lib, guruh bosqichida tailandliklarni 7:5 hisobida, finalda esa 2:1 hisobida enggan edi. Bu safar jahon chempionatida kurash yana ham keskin kechdi. G'alaba keltirgan shaybani uchrashuv tugashiga 5 daqiqa qolganida Jamoamizning eng yaxshi bombardirlaridan biri – Jasurbek Rustamxonov kiritdi.

Jamoa sardori Rustamxonov 5 o'yinda 22 ochko (14 gol + 8 assist) jamg'arib, turnirning eng yaxshi o'yinchisi deb topildi. Jasur, shuningdek, yosh yulduz Salohiddin Azimov o'tgan mavsumni CHexiyada o'tkazdi. Qolgan yigitlar esa Qozog'iston yoshlar ligasida "Tashkent Select" jamoasi safida o'ynashdi.

O'zbekistonning ushbu terma jamoasi Toshkentning ikkita klubi – "Humo" va "Binokor" tarbiyalanuvchilaridan iborat. Ular 2018 yilda tashkil etilgan O'zbekiston Xokkey Federaciyasining muvaffaqiyatli faoliyatining natijasidir. Bugun ular O'XFning faxri!

CHempionlarimizni tayyorlagan murabbiylar shtabini alohida tilga olish lozim – Normunds Seeys, Abdumajid Nosirov va Roman Krivomazovga tashakkur!

Aprel oyida O'zbekiston milliy terma jamoasi ham jahon chempionatida o'z debyutini o'tkazadi. Ular IV divizionda Armanistonda o'tadigan musobaqada qatnashishadi. Tarkib tajribali o'yinchilardan iborat bo'lsa-da, asosiy kuch bugun Bangkokda Jahon Kubogini ko'tarib turgan yigitlar bo'ladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing