28 fev 16:56
Yangiliklar
Xokkey

Xokkey. Yoshlarimiz jahon chempionatini yirik g'alaba bilan boshlashdi
Tailandning Bangkok shahrida xokkey bo'yicha yoshlar o'rtasidagi jahon chempionatining III divizion B guruhidagi bahslar boshlandi.
Musobaqadagi ilk o'yinda vakillarimiz Janubiy Afrika Respublikasi terma jamoasiga qarshi muzga chiqishdi.
Uchrashuv yakuniga ko'ra, O'zbekiston yoshlar terma jamoasi 12:0 hisobida g'alabaga erishdi va musobaqani chiroyli boshladi.
Bu O'zbekiston yoshlar terma jamoasi uchun jahon chempionatlaridagi ilk uchrashuv edi. SHu sababli, ushbu uchrashuv O'zbekiston xokkeyi uchun tarixiy hisoblanadi.
Yoshlar o'rtasidagi jahon chempionati
III divizion, B guruhi.
Tailand, Bangkok.
O'zbekiston - JAR 12:0 (4:0, 6:0, 2:0)
Gollar: Petrosyan, Azimov, Petrosyan, Azimov, Dadaxo'jaev, Kalevin, Rustamxonov, Rustamxonov, Popov, Dadaxo'jaev, Petrosyan, Jo'raev.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar