So’nggi yangiliklar

10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0 08:37Дастин Порье Рамазон Темировнинг жанги ҳақида гапирди 0 19:41Майк Мэлотт UFC 336 турнирида иштирок этади 0 19:03Манба: Каннаваро Мексика ёки АҚШ клубларини бошқариш имкониятини кўриб чиқмоқда 0 18:25Guangzhou Challenger: Ҳумоюн Султоновни чорак финал остонасида тўхтатишди 0 17:44"У кучли зарба берадиган жангчи". Кавана жанг олдидан Рамазон Темиров ҳақида гапирди 0 16:55Жанибек Алимханули WBO камари учун жанг қилади 0 16:06"Сабаҳ" — жорий мавсум ушбу натижага эришган EЧЛдаги биринчи жамоа! 0 15:17Хргович Уордлига фаолиятини якунлашни маслаҳат берди 0 14:18Шакур Стивенсон Zuffa Boxing’дан кетганини эълон қилди 0 13:19Шожҳаҳон Эргашевни Озарбайжон ва Қирғизистондан жангга чорлашди 0 12:28Ламин Ямаль жорий мавсум Топ-5 лигаларда биринчи бўлиб ушбу натижага эришди 0 11:37Йэн Гэрри шу йилнинг охиригача яна жанг қилади — манба 0 09:46Жавоҳир Умматалиевнинг жанг санаси ва манзили ўзгарди 0

10 apr 07:52
Yangiliklar

Xokkey

Xokkeychilarimiz kattalar o'rtasidagi jahon chempionatiga tayyorgarlikni davom ettirishmoqda + FOTOGALEREYA

Teglar :  Xokkey
Xabaringiz bor, xokkey bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi o'z tarixida ilk bor Jahon CHempionatida ishtirok etadi.

Mart oyining boshida yoshlar terma jamoamiz o'z yosh toifasidagi Jahon CHempionatida debyut qilgandi. Tailand bo'lib o'tgan debyut musobaqa vakillarimiz uchun muvaffaqiyatli bo'ldi – yoshlar III B divizionida g'alaba qozonib, nafaqat chempionlikni, balki keyingi bosqichga – III A divizioniga ko'tarilishdi ham.

Endilikda ushbu yutuqni katta yoshli Milliy terma jamoamiz takrorlashga harakat qiladi. SHu yil 13-19 aprel kunlari ular Armaniston poytaxti Erevanda bo'lib o'tadigan IV divizion musobaqasida o'z debyutini o'tkazadi.

Raqiblarimiz Armaniston, Eron, Quvayt, Indoneziya va Malayziya terma jamoalari bo'ladi. Ularning barchasi ilgari jahon chempionatlarida ishtirok etgan, yagona debyutant esa – O'zbekiston.

Milliy terma jamoamizning asosini U18 yoshlar terma jamoasining chempion yigitlari tashkil qiladi, ularga bir necha yillardan beri “Humo” jamoasida o'ynab kelgan katta yoshli xokkeychilar qo'shiladi.

Vakillarimiz ayni paytda musobaqaga hozirlik ko'rishmoqda. Ular 11 aprel kuni Armanistonga jo'nab ketishadi. 


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing