25 jan 09:38
Yangiliklar
Futbol
Xoland Bundesliga rekordini o'rnatdi
“Borussiya Dortmund” hujumchisi “Kyoln”ga qarshi bahsda (5:1) zaxiradan maydonga tushib, dublga erishdi.
Bu 19 yoshli Erling Xoland uchun Bundesligadagi 2-o'yinda urilgan 5-gol bo'ldi. Natijada norvegiyalik hujumchi Bundesliga tarixidagi dastlabki ikkita o'yinida 5 ta gol urgan ilk futbolchi bo'ldi. Xoland eng qizig'i ikkal uchrashuvda ham zaxiradan o'yinga qo'shildi.
“Borussiya” futbolchini qishki transferlar vaqtida 20 mln evro evaziga “Zalcburg”dan sotib olgandi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar