04 okt 20:05
Yangiliklar
Boks/MMA
Xolmurod Nurmatovning ACA ligasidagi jangi bekor qilindi
Bugun CHechenistonning Grozniy shahrida MMA bo'yicha ACA 180 turniri tashkil etilmoqda.
Mazkur musobaqa doirasida o'zbekistonlik aralash yakka kurash ustasi Xolmurod Nurmatov mezbonlar vakili Rasul Albasxanov bilan jang qilishi kerak edi.
Biroq Albasxanov jang oldidan vazn tashlash jarayonida sog'lig'i yomonlashgani sababli jangni bekor qilishga majbur bo'ldi.
Xolmurod Nurmatovning so'zlariga ko'ra, u endi keyingi jangini noyabr yoki dekabr oyida o'tkazishni rejalashtirmoqda.
Malumot o'rnida, 30 yoshli Xolmurod Nurmatov bugungacha 22 ta jang o'tkazib, 14 g'alaba, 7 mag'lubiyat va 1 ta durangni o'z hisobiga yozdirib qo'ygan. Rasul Albasxanov hisobida esa 14 g'alaba va 7 mag'lubiyat bor.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar