So’nggi yangiliklar

14:49Ферстаппен Сингапур Гран-присида илк бор ғалаба қозонди 0 14:18Ўзбек клубларининг "Ал Насср" билан ўйинлардаги статистикаси қандай? 0 13:47Осиё ўйинларида ғалаба қозонган Жасурбек Жайсунов Париж Гран-присида ҳам шоҳсупага кўтарилди! 0 13:16Жон Жонс UFC`га қайтишни ҳали ҳам истисно этмаяпти 0 12:45"Бағрикенг эркак". Райан Гарсия Арнольд Шварценеггер билан учрашди (ФОТО) 0 12:14Элит ОЧЛ. Бугун икки клубимиз Саудия Арабистони жамоалари билан ўйнайди 0 11:43Нодирбек Абдусатторов: “Жавоҳир ниҳоятда истеъдодли, ҳатто мендан ҳам” 0 11:12Бивол ўзи учун энг муҳим уч рақибни айтди 0 10:41Махачев Доғистон ҳақидаги ҳазил билан Волкановскининг янги соч турмагига муносабат билдирди (ФОТО) 0 10:10Исломбек Исмоилов: "Биз фақат Роналдуга эмас, балки бутун "Ал Насср" жамоасига қарши ўйнаймиз" 0 09:39"Бу ҳали бошланиши". Музаффарбек Тўрабоев Жаҳон чемпионатида қўлга киритилган медалига муносабат билдирди 0 09:11Хамзат Чимаев ва Чарльз Оливейра Чеченистонда (ФОТО) 0 08:41Тошкентда 100 000 долларлик шахмат мусобақаси ўтказилади 0 08:12АПЛ. "Манчестер Сити" меҳмонда "Ливерпул"ни йирик ҳисобда мағлуб этди 0 07:30Бенавидес Усик билан жанг қилиш учун супероғир вазнга кўтарилишга тайёр 0

13 noy 15:12
Yangiliklar

Boshqalar

XOQ Ijroiya qo'mitasi Olimpiya birdamligi byudjetini oshirdi

Xalqaro olimpiya qo'mitasi (XOQ) Ijroiya qo'mitasining navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Onlayn tarzda o'tgan uchrashuv davomida ishtirokchilar navbatdagi yozgi va qishki Olimpiya o'yinlariga tayyorgarlik, koronavirusga qarshi ko'rilayotgan keskin choralar va bu borada sportchilarni qanday qo'llab-quvvatlash masalalarini muhokama qildilar.

Ijroiya qo'mita azolari Tokio, Pekin va Parijdagi o'yinlar Tashkiliy qo'mitalarining koronavirusdan keyingi davrga muvofiqlashtirilgan musobaqani o'tkazish bo'yicha harakatlarini yuqori baholadilar. Bundan tashqari, XOQ sportchilar komissiyasi azolari vaziyatni qay holatda ko'rishlarini so'zlab berishdi.

Sportchilar pandemiya paytida musobaqalardagi ishtiroki borasidagi tajribalari bilan o'rtoqlashdilar, shuningdek, Tokio-2020 tashkiliy qo'mitasi tomonidan ishlab chiqilgan epidemiyaga qarshi xavfsizlikni taminlash rejasini yuqori baholadilar.

XOQ rahbari Tomas Bax musobaqaning barcha ishtirokchilari reglament va qoidalarga qatiy rioya qilmasdan xavfsiz Olimpiya o'yinlarini o'tkazish qiyin kechishini takidladi.

– Asosiy masala XOQ ishchi guruhi va yapon mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan sportchilar uchun xavfsiz muhit yaratish va koronavirusga qarshi kurash usullari to'g'risida malumot almashish bilan bog'liq, – deya takidladi Tomas Bax. – Ushbu tadbirlarni amalga oshirish uchun O'yinlarning barcha ishtirokchilari o'z tartib-intizomini namoyon etishlari kerak. Ko'pgina mamlakatlar tajribasi ko'rsatganidek, virusga qarshi samarali kurash faqat belgilangan karantin qoidalariga qatiy rioya qilish bilan bog'liq.

Tomas Bax 15-18 noyabr kunlari Xalqaro paralimpiya qo'mitasi vakillari bilan birgalikda jarayon bilan tanishish va mamlakat bosh vaziri Yosixide Suga bilan uchrashish maqsadida Yaponiyaga tashrif buyurishni rejalashtirayotganini malum qildi.

Yaqinda Xitoyda ommaviy axborot vositalari vakillari uchun brifing bo'lib o'tdi, shuningdek, Xalqaro kyorling (WCF), chang'i sporti (FIS) federaciyalari, konkida uchish (ISU) va biatlonchilar (IBU) uyushmalari vakillari uchun musobaqa o'tkaziladigan joylarga ekskursiyalar o'tkazildi.

Qishki Olimpiya o'yinlari qishlog'ida qurilish ishlari allaqachon yakunlangani xabar qilingan. Barcha sport inshootlari 2020 yil oxirigacha, asosiy media-markaz esa keyingi yil yozga qadar foydalanishga topshiriladi.

«Parij-2024», «Milan–Kortina-d’Ampecco-2026» va «Los-Anjeles-2028» tashkiliy qo'mitalari, shuningdek, Dakarda o'tadigan 2026 yilgi o'smirlar Olimpiya o'yinlari vakillari hisobotlarini taqdim etdilar.

– Birdamlik – bu olimpiya jamoatchiligi faol ravishda targ'ib qilayotgan asosiy qadriyatlardan biri, – dedi Tomas Bax. – Ushbu qaror buning yorqin dalilidir. Sportchilar va ularning atrofidagilarni o'qitish va rivojlantirish, turnirlarga tayyorlanishga ustuvor ahamiyat beradigan turli dasturlar orqali barcha MOQ va qochqinlar jamoalariga yordam berishda davom etamiz.

Ushbu dasturning 2017 yildan 2020 yilgacha bajarilishi to'g'risida XOQ “Olimpiya birdamligi” komissiyasi raisi Robin Mitchell hisobot taqdim etdi, shuningdek, sportchilarni qo'llab-quvvatlash dasturlariga ajratiladigan byudjetning 25 foizga oshishini malum qildi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing