So’nggi yangiliklar

15:51Ўзбекистон гимнастлари Роттердамдаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 15:20Евлоев Волкановскига қарши жангда UFC`нинг ноёб рекордини ўрнатиши мумкин 0 14:49Ферстаппен Сингапур Гран-присида илк бор ғалаба қозонди 0 14:18Ўзбек клубларининг "Ал Насср" билан ўйинлардаги статистикаси қандай? 0 13:47Осиё ўйинларида ғалаба қозонган Жасурбек Жайсунов Париж Гран-присида ҳам шоҳсупага кўтарилди! 0 13:16Жон Жонс UFC`га қайтишни ҳали ҳам истисно этмаяпти 0 12:45"Бағрикенг эркак". Райан Гарсия Арнольд Шварценеггер билан учрашди (ФОТО) 0 12:14Элит ОЧЛ. Бугун икки клубимиз Саудия Арабистони жамоалари билан ўйнайди 0 11:43Нодирбек Абдусатторов: “Жавоҳир ниҳоятда истеъдодли, ҳатто мендан ҳам” 0 11:12Бивол ўзи учун энг муҳим уч рақибни айтди 0 10:41Махачев Доғистон ҳақидаги ҳазил билан Волкановскининг янги соч турмагига муносабат билдирди (ФОТО) 0 10:10Исломбек Исмоилов: "Биз фақат Роналдуга эмас, балки бутун "Ал Насср" жамоасига қарши ўйнаймиз" 0 09:39"Бу ҳали бошланиши". Музаффарбек Тўрабоев Жаҳон чемпионатида қўлга киритилган медалига муносабат билдирди 0 09:11Хамзат Чимаев ва Чарльз Оливейра Чеченистонда (ФОТО) 0 08:41Тошкентда 100 000 долларлик шахмат мусобақаси ўтказилади 0

13 may 07:59
Yangiliklar

Boshqalar

Xorazm viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi

Polvonov Ortiq Maqsudbekovich Xorazm viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshlig'i vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi.

O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirining tegishli buyrug'i bilan, shu kungacha Urganch shahar yakka kurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan bolalar-o'smirlar sport maktabi direktori lavozimida faoliyat yuritib kelgan Polvonov Ortiq Maqsudbekovich Xorazm viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshlig'i vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi.

Ortiq Polvonov 1980 yil 19 noyabr kuni Urganch shahrida tug'ilgan. Malumoti oliy. 2006 yili Urganch davlat universitetining jismoniy tarbiya va jismoniy madaniyat fakultetini (sirtqi) tugatgan. Oilali, uch nafar farzandning mehribon otasi.

Mehnat faoliyatini 2005 yili Urganch shahar hokimligi madaniyat va sport ishlari bo'limi ommaviy sportni rivojlantirish va sport tadbirlarini tashkil etish bo'yicha bosh inspektori lavozimida boshlagan.

2006-2013 yillar mobaynida Xorazm viloyati hokimligi madaniyat va sport ishlari boshqarmasi tasarrufidagi 3-sonli bolalar-o'smirlar sport maktabi direktori, so'ngra Xorazm viloyati 2-sonli Olimpiya zaxiralari ixtisoslashtirilgan bolalar va o'smirlar sport maktabi direktori bo'lib ishlagan.

2016 yildan shu kungacha Xorazm viloyati yakka kurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan bolalar-o'smirlar sport maktabi direktori lavozimida mehnat qilib kelayotgan edi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Ortiq Polvonovga masuliyatli lavozimda omad tilaydi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing