So’nggi yangiliklar

20:02Сергей Фомин Кутаисидаги юришини бошлади 0 19:41"Реал" футболчиларига ЕЧЛ 1/2 финали учун ваъда қилинган мукофот пуллари очиқланди 0 19:20Тошкент-2027 Жаҳон чемпионати тақвими эълон қилинди 0 18:52"Унда бу нарса йўқ". Масвидаль Чимаевнинг Хабиб ва Махачевдан фарқини тушунтирди 0 18:26Хамзат Чимаев фақат реваншдан кейингина вазнини кўтариши айтилди 0 18:05Пеп Гвардиола: "ВАРга ҳеч қачон ишонмаганман" 0 17:38Девин Хейни Ломаченконинг рингга қайтиши ҳақидаги миш-мишга муносабат билдирди 0 17:17Сехудо Чимаевнинг кейинги рақиби ким бўлиши кераклигини айтди 0 16:45World Boxing беларуслик боксчиларга қўйилган чекловларни бекор қилди, россияликлар эса... 0 16:16"Ман Сити" "Реал" қизиқаётган футболчи билан шартномани бир йилга узайтиришга яқин 0 15:41Камару Усман: "Чимаев ҳозир Анкалаев ёки Прохазкага қарши жанг қилиши керак эмас" 0 15:17Бокс бўйича Ўзбекистон U-17 терма жамоаси энг кўп финалчи билан финалга етиб келди 0 14:39Василий Ломаченко фаолиятини қайта тиклайди — The Ring 0 14:12ПСЖ сафида яна битта россиялик пайдо бўлиши мумкин 0 13:47Камару Усман Чимаевни ютқазмаган деб ҳисоблашини айтди 0

03 apr 21:22
Yangiliklar

Boshqalar

Xorazmda badminton bo'yicha O'zbekiston chempionati bo'lib o'tdi

Teglar :  BadmintonXorazm
Urganch shahridagi “Badminton markazida” o'smirlar va qizlar o'rtasida O'zbekiston chempionati bo'lib o'tdi.

Joriy yilning 27 martidan 2 apreliga qadar davom etgan musobaqada Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining 140 nafarga yaqin yosh badminton ustasi yakkalik, juftlik mikst va jamoaviy birinchiliklarda g'oliblik uchun bahs yuritdi.

2003-2005 y. Yakkalik.
O'g'illar
1-o'rin. Anvar Sotimboev (Xorazm vil.).
2-o'rin. Hamdam Barnoev(Buxoro vil.).
3-o'rin. Yoqub Ermatov(Farg'ona vil.).

Qizlar
1-o'rin. Madina Ganieva (Navoiy vil.).
2-o'rin. Donogul Sotimboeva(Xorazm vil.).
3-o'rin. Dilnoza Abdumannobova(Andijon vil.).



2006-2008 y. Yakkalik.

O'g'illar
1-o'rin. Kazbek Maxambetov (Qoraqalpog'iston)
2-o'rin. Abdulvodut Muminov(Farg'ona vil.).
3-o'rin. Sayfutdin Muxtarov(Andijon vil.).

Qizlar
1-o'rin. Diana Garamova (Toshkent sh.)
2-o'rin. Gulsanam Xolmatova(Sirdaryo vil.).
3-o'rin. Rahima Abduraimova(Andijon vil.).


2003-2008 y. Juftlik.

O'g'illar
1-o'rin. Anvar Sotimboev, G'affor Jabbarov(Xorazm vil.).
2-o'rin. Hamdam Barnoev, Aziz Baxshillaev(Buxoro vil.).
3-o'rin. Kazbek Maxambetov, Bahrom Usmatdinov(Qoraqalpog'iston).

Qizlar
1-o'rin.Muxlisa Muhammadjonova,Dilnoza Abdumannobova(Andijon vil.).
2-o'rin. Donogul Sotimboeva, Aziza Masharipova (Xorazm vil.)
3-o'rin. Mahbuba Maxmudova, Mohina Madaminova(Namangan vil.).

2003-2008 y. Mikst
1-o'rin. G'affor Jabborov, Donogul Sotimboeva(Xorazm vil.).
2-o'rin. SHahzod Ro'ziboev, Dilnoza Abdumannobova(Andijon vil.).
3-o'rin. Anvar Sotimboev, Aziza Masharipova(Xorazm vil.).

Jamoaviy birinchilik.
1-o'rin. Xorazm viloyati. 2-o'rin.Andijon viloyati.3-o'rin.Toshkent shahri.

CHempionatning yopilish marosimida g'olib va sovrindor sportchilar tashkilotchilar tomonidan diplom, medal va sovg'alar bilan taqdirlandilar.

Fursatdan foydalanib, tadbir qatnashchilari bilan suhbatlashdik, ularning fikr-mulohazalari bilan qiziqdik.

Rishod SETTAROV (Badminton bo'yicha Navoiy viloyati terma jamoasi murabbiyi): -Xorazmga poezdda etib keldik. Kutib olish marosimidan hayratda qoldik. Temir yo'l vokzalida yangragan karnay-surnay sadolari, vohaning sho'x kuy va qo'shiqlaridan kayfiyatimiz juda ko'tarildi. Jamoamiz barcha qulayliklarga ega bo'lgan mehmonxonaga joylashtirildi. Transport xizmati va ovqatlanish borasida ham hech qanday muammoni sezmadik. Musobaqa bahslari ham zamonaviy badminton markazida o'tkazildi. Bu tashkilotchilik yuksak darajada ekanligidan dalolat beradi. Buning uchun rahmat aytaman.

Mohina MADAMINOVA (Namangan viloyati terma jamoasi azosi) : - Musobaqada dugonam Mahbuba bilan juftlik bellashuvida bronza medalini qo'lga kiritdim. Bundan juda xursandman. Kelgusi musobaqalarda yanada yuqori natijalarni qo'lga kiritishga harakat qilamiz.

Anajon JUMANIYOZOVA (O'zbekiston badminton federaciyasi bosh kotibi) : - Urganch shahrida ilk bor uyushtirilgan O'zbekiston chempionati barchada iliq taassurotlar qoldirdi. Binobarin, tashkilotchilar tashkiliy ishlar borasida tashabbuskorlik ko'rsatishdi. Bu chempionatimizni havas qilsa arzigulik darajada o'tishini taminladi. Buning barobarida, musobaqamiz qatnashchilari o'zining maftunkorligi bilan dunyo ahlini lol qoldirayotgan qadimiy Xiva shahriga sayohat qilish imkoniyatini ham qo'lga kiritishdi. Ishonchim komilki, sportchilarimiz, ularning murabbiylari Xorazm zaminidan unutilmas taassurotlar bilan qaytishadi. Fursatdan foydalanib, bizga har bir kunimizni mazmunan boy o'tishini, sportchilarimizning maroqdi dam olishini taminlagan musobaqamiz tashkilotchilari – Xorazm viloyati va Urganch shahar hokimligi, viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi hamda boshqa hamkor tashkilotlarga samimiy minnatdorlik bildiramiz.

Ikrom XUDOYBERGANOV.


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing