So’nggi yangiliklar

18:26ЕЧЛнинг олти карра ғолиби Тошкентга келмади 0 17:55Сакен Бибосинов оғир жароҳат сабаб шифохонага ётқизилди 0 17:24Тошкентда илк бор стол тенниси бўйича Осиё чемпионати ўтказилади 0 16:53Ян Непомняшчий Синдаров - Гукеш ўйинига тахмин билдирди 0 16:22"Пахтакор" ва "Нефтчи"нинг Саудия Арабистони клублари билан ўзаро ҳисоб-китоби 0 15:51Ўзбекистон гимнастлари Роттердамдаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 15:20Евлоев Волкановскига қарши жангда UFC`нинг ноёб рекордини ўрнатиши мумкин 0 14:49Ферстаппен Сингапур Гран-присида илк бор ғалаба қозонди 0 14:18Ўзбек клубларининг "Ал Насср" билан ўйинлардаги статистикаси қандай? 0 13:47Осиё ўйинларида ғалаба қозонган Жасурбек Жайсунов Париж Гран-присида ҳам шоҳсупага кўтарилди! 0 13:16Жон Жонс UFC`га қайтишни ҳали ҳам истисно этмаяпти 0 12:45"Бағрикенг эркак". Райан Гарсия Арнольд Шварценеггер билан учрашди (ФОТО) 0 12:14Элит ОЧЛ. Бугун икки клубимиз Саудия Арабистони жамоалари билан ўйнайди 0 11:43Нодирбек Абдусатторов: “Жавоҳир ниҳоятда истеъдодли, ҳатто мендан ҳам” 0 11:12Бивол ўзи учун энг муҳим уч рақибни айтди 0

05 may 16:50
Yangiliklar

Boshqalar

Xorazmda “Sport oyligi” davom etmoqda

Teglar :  XorazmSport oyligi
Yaqinda Prezidentimiz ijtimoiy, manaviy-marifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yo'lga qo'yish borasida 5 ta muhim va ahamiyatli tashabbusni ilgari surgandi.

Tashabbusning ikkinchisi yoshlarni jismoniy tarbiya va sportga kengroq jalb etishga, sport inshootlari quvvatini oshirishga, undan unumli va maqsadli foydalanishga qaratilgan edi.

Xorazm viloyatida ushbu tashabbusni hayotga tadbiq etish barobarida, Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 15 apreldagi “2019 yil may oyining “Sport oyligi” deb elon qilinishi hamda sport tadbirlarini o'tkazish to'g'risida”gi yig'ilishi bayoni ijrosini taminlash maqsadida ko'plab tadbirlar uyushtirilmoqda.

Joriy yilning 4 may kuni ertalabdan Urganch shahridagi muhtasham “Yoshlik” sport majmuasi har qachongidan ham sportsevar hamyurtlarimiz bilan gavjum bo'ldi. SHu kuni bo'lib o'tadigan navbatdagi tadbirlar badantarbiya mashg'ulotlari bilan boshlandi. Bu erda viloyat markazidagi umumtalim maktablarining jismoniy tarbiya fani o'qituvchilari, bolalar-o'smirlar sport maktablari direktor va murabbiylari badantarbiya mashqlarini o'tkazishdi.

- Sport oyligi doirasidagi tadbirlarga aholining keng qatlami, xususan, turli yosh toifasidagi o'g'il-qizlar, ota-onalar, boshqa sohalarda mehnat qilayotgan ishchi-xodimlar jalb qilinmoqda. Zero, “Sog'lom tanda-sog'lom aql” deb bejizga aytmagan dono xalqimiz. Umuman olganda, uyushtirilayotgan tadbirlarimiz bayramona tarzda o'tayotganligi bilan ishtirokchilarga ko'tarinki ruh, xush kayfiyat bag'ishlayapti, - deydi Xorazm viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi bo'lim boshlig'i Oybek Kamolov.

Etiborlisi shundaki, badantarbiya mashg'ulotlari “Sport-mustahkam oilamiz poydevori” shiori ostida respublika miqyosida tashkil etilayotgan oilaviy sport musobaqasining viloyat bosqichiga ulanib ketdi. Qiziqarli kechgan bellashuvlar yakunida g'olib va sovrindor bo'lgan oilaviy jamoalar taqdirlanishdi. Majmua stadionida engil atletika va futbol bo'yicha tashkil etilgan musobaqalar ham tomoshabinlarda katta qiziqish uyg'otdi. SHuningdek, O'zbekiston mudofaasiga ko'maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Xorazm viloyat texnik va amaliy sport turlari markazida yoshlar o'rtasida uyushtirilgan pnevmatik quroldan o'q otish bo'yicha viloyat birinchiligi ham “Sport oyligi”ga o'zgacha fayz va tarovat bag'ishladi.

- Ayni damda, yurtimizda sportimiz rivoji, yoshlarimiz kelajagi yo'lida ibratli ishlar amalga oshirilmoqda. Tabiiyki, ushbu islohatlar barchani birdek mamnun etayotir. “Sport oyligi”ning tashkil etilishi ham ezgu maqsadlarimiz yo'lida xizmat qilyapti. Ishonchim komilki, o'g'il-qizlarimiz hukumatimiz tomonidan ko'rsatilayotgan g'amxo'rlik va etiborga javoban, vatanimizga sadoqatli, el-yurtimizga mehr-muruvvatli insonlar bo'lib voyaga etishadi,-deydi Urganch shahridagi 6-son umumtalim maktabining jismoniy tarbiya fani o'qituvchisi Rayhon Xudoyberganova.

“Sport oyligi” doirasidagi keng qamrovli tadbirlar har kuni Xorazm vohasining barcha shahar va tumanlarida davom etmoqda.

Ikrom XUDOYBERGANOV.


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing