So’nggi yangiliklar

13:47Осиё ўйинларида ғалаба қозонган Жасурбек Жайсунов Париж Гран-присида ҳам шоҳсупага кўтарилди! 0 13:16Жон Жонс UFC`га қайтишни ҳали ҳам истисно этмаяпти 0 12:45"Бағрикенг эркак". Райан Гарсия Арнольд Шварценеггер билан учрашди (ФОТО) 0 12:14Элит ОЧЛ. Бугун икки клубимиз Саудия Арабистони жамоалари билан ўйнайди 0 11:43Нодирбек Абдусатторов: “Жавоҳир ниҳоятда истеъдодли, ҳатто мендан ҳам” 0 11:12Бивол ўзи учун энг муҳим уч рақибни айтди 0 10:41Махачев Доғистон ҳақидаги ҳазил билан Волкановскининг янги соч турмагига муносабат билдирди (ФОТО) 0 10:10Исломбек Исмоилов: "Биз фақат Роналдуга эмас, балки бутун "Ал Насср" жамоасига қарши ўйнаймиз" 0 09:39"Бу ҳали бошланиши". Музаффарбек Тўрабоев Жаҳон чемпионатида қўлга киритилган медалига муносабат билдирди 0 09:11Хамзат Чимаев ва Чарльз Оливейра Чеченистонда (ФОТО) 0 08:41Тошкентда 100 000 долларлик шахмат мусобақаси ўтказилади 0 08:12АПЛ. "Манчестер Сити" меҳмонда "Ливерпул"ни йирик ҳисобда мағлуб этди 0 07:30Бенавидес Усик билан жанг қилиш учун супероғир вазнга кўтарилишга тайёр 0 19:19Наоя Иноуэ кейинги рақибининг номини эълон қилди 0 18:48Дана Уайт Шон Стрикленднинг боксда ўзини синаб кўриш истагига муносабат билдирди 0

27 fev 17:31
Yangiliklar

Boshqalar

Xorazmlik eng sara yozgi biatlonchilar O'zbekiston kubogi uchun bahs yuritishdi

Teglar :  Xorazm
Urganch tumanining CHolish qo'rg'onidagi Xorazm viloyati mudofaa ishlari boshqarmasi huzuridagi chaqiriluvchilarni harbiy-texnik mutaxassisliklar bo'yicha tayyorlash markazi sport bazasida yozgi biatlon bo'yicha viloyat kubogi o'tkazildi.

O'zbekiston Respublikasi  mudofaasiga ko'maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Xorazm viloyati kengashining Sportning texnik va amaliy turlari bo'yicha 2021 yilga mo'ljallangan sport va ommaviy jismoniy tadbirlari kalendar rejasiga asosan uyushtirilgan mazkur musobaqada viloyatimizning barcha shahar va tumanlaridan tashrif buyurgan 2003 yilda tug'ilgan va undan kichik yoshdagi sportchilar o'zaro bahs yuritishdi.

Qiziqarli kechgan bahslarda  SHovot tumani o'quv sport texnika klubi azolari yuqori natijaga erishishdi. Xususan, Zuhra Ro'zimova qizlar orasida, Mirzabek Qadamboev o'g'illar orasida g'oliblikni qo'lga kiritishdi. SHuningdek, qizlar birinchiligida bog'otlik Sarvinoz Sultonboeva ikkinchi, Qo'shko'pir tumanidagi “O'rtayop” o'quv sport texnika klubi azosi Ziyoda Jumamuratova  uchinchi o'rinni egallashdi. O'g'il bolalar musobaqasida esa xivalik Jo'shqin Qadamov va shovotlik Foziljon Ismoilov sovrindor bo'ldi.

Yakuniy sarhisoblarga ko'ra, umumjamoa hisobida SHovot tumani  o'quv sport texnika klubi jamoasi shohsupaning birinchi pog'onasiga ko'tarilib, yozgi biatlon bo'yicha 2021 yilgi Xorazm viloyati kubogini qo'lga kiritdi.   Bog'ot tumani   o'quv sport texnika klubi ikkinchi, Xiva   tumani o'quv sport texnika klubining yosh yozgi biatlonchilari uchinchi o'rinni band etishdi.

Musobaqaning yopilish marosimida O'zbekiston Respublikasi mudofaasiga ko'maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Xorazm viloyat texnik va amaliy sport turlari markazi direktori Odilbek Ibragimov  g'olib va sovrindor sportchilarni erishgan yutuqlari bilan qutlab, barchasini tegishli darajada  taqdirladi.

Endilikda, sovrinli o'rinlarni egallagan xorazmlik yozgi biatlonchilar joriy yilning 10-13 mart kunlari Toshkent viloyatining CHirchiq shahrida uyushtiriladigan O'zbekiston kubogi musobaqasida vohamiz sharafini himoya qilishadi.

Ikrom XUDOYBERGANOV, Xorazm viloyatidan.



Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing