16 mar 16:15
Yangiliklar

Xose Mariya Mendez tanlov asosida O'zbekiston yoshlar terma jamoasiga futbolchilar tanlab oldi
Ushbu musobaqa 16-26 may kunlari Tailand mamlakatida o'tkaziladi.
O'zbekiston
futzal Associaciyasi ana shu musobaqaga munosib tayyorgarlik ko'rish
maqsadida yosh o'yinchilar uchun tanlov elon qilgan edi. 11 mart kuni
Toshkentdagi "O'zbekiston" sport majmuasida ana shu tanlovning birinchi
bosqichi bo'lib o'tdi. Uni O'zbekiston U-20 terma jamoasi bosh murabbiyi Xose
Mariya Mendezning shaxsan o'zi o'tkazdi. Tanlovda 1997, 1998 va 1999
yillarda tug'ilgan yoshlar qatnashishdi.
Tanlovda 202 nafar yigitlar
ishtirok etishdi. Ularning to'rtdan biri o'sha kunning o'zida alohida ajratib
olindi. Yakunda ulardan 16 nafari ikkinchi bosqich uchun saralab olindi. 15
mart kuni "O'zbekiston" sport majmuasida ana shu 16 ishtirokchi bilan
mashg'ulot olib borildi. Janob Mendez ikkinchi bosqichda yoshlar terma jamoasi
yig'iniga jalb qilinadigan o'yinchilarni saralab oladi.
Bugungi kunda futzali rivojlangan mamlakatlar bu metodikadan doimiy tarzda foydalanib kelmoqda.
Fikrlar