So’nggi yangiliklar

10:38UFC жангчиларининг Ган - Хокит жангига муносабати: "UFC`нинг энг яхши оғир вазн жанги!" 0 10:07Уч кундан кейин Шимкентда жанг қиладиган Одилхоннинг рақиби ўзгарди + ПОСТЕР 0 09:36Англия терма жамоаси Испаниянинг рекордига чек қўйди 0 09:05Чирчиқда Ўзбек жанг санъати бўйича Ўзбекистон Кубоги ўтказилди 0 08:3419 ёшли Мирра Андреева Якуний WTA турнири чемпиони бўлди 0 08:03Total Chess. Абдусатторов иштирок этган турнирда 1/2 финалчилар аниқланди 0 07:32Миллатлар лигаси. Италияда йирик мағлубият, Зидан шогирдлари зафар қучишди, Испания ниҳоят ютқазди 0 07:01Шара Буллет UFC`да 100 миллионга жангда ютқазишни таклиф қилишгани ва ҳатто рақибни ҳам айтиб ўтди 0 18:41Белбоғли кураш. Кучлилар Фарғонада аниқланди 0 18:10Майкл Моралес: "Махачевдаги камарни Эквадорга олиб кетаман" 0 17:39"Реал Мадрид" етакчиси билан янги шартнома имзолади 0 17:08"Хабиб фаолиятини якунлаётганида унга қўлимдан келган барча нарсани таклиф қилганман" - Дана Уайт 0 16:37Дана Уайт ташкил этмоқчи бўлган жангларни санаб берди 0 16:04Спорт курашлари бўйича Ўзбекистон чемпионати якунланди 0 15:33Афсонавий Роналдиньо профессионал футболга қайтиши сабабини ошкор қилди 0

23 may 08:23
Yangiliklar

Tadbirlar, SHaxmat, Stol tennisi

“Xotira va qadrlash kuni”ga bag'ishlab faxriylar o'rtasida musobaqa o'tkazildi

Xabaringiz bor, Milliy olimpiya qo'mitasi yurtimizda aholining turli qatlamlarini sportga jalb etish maqsadida keng ko'lamli ishlar olib bormoqda.

Sportni yanada ommalashtirish, sog'lom turmush tarzini targ'ib etish yo'lida musobaqalar maktabgacha talim muassalaridan boshlanib, faxriylar o'rtasidagi turnirlar bilan davom etttirilmoqda.

Kecha ana shunday tadbirlardan biri shaxmat bo'yicha Respublika ixtisoslashtirilgan bolalar-o'smirlar sport maktabida faxriylar o'rtasida tashkil qilindi. SHaxmat, shashka va stol tennisi kabi sport turlari bo'yicha “Xotira va qadrlash kuni”ga bag'ishlab tashkil etilgan o'ziga hos musobaqada 100 nafarga yaqin faxriy sportchi o'zaro bellashdilar.

Qizg'in va do'stona ruhda o'tgan bahslarda kuchli uchlikka kira olgan faxriylarga Milliy olimpiya qo'mitasining diplom va esdalik sovg'alari topshirildi. Ushbu tadbir ishtirokchi sportchilarga olam-olam zavq bag'ishladi.

Etiboringizga bellashuvlarda sovrindor bo'lgan sportchilar ro'yxatini taqdim etamiz:

Stol tennisi:

1-o'rin: D.Murodxodjaev
2-o'rin: I.Abdumutalov
3-o'rin: A.Sematin

SHashka:

1-o'rin: A.Toshtemirov
2-o'rin: X.Azizov
3-o'rin: A.Butuzov

Ayollar:

1-o'rin: O.Ahmedova
2-o'rin: S.Abdulina
3-o'rin: G.Holmatova

SHaxmat:

1-o'rin: L.Kim
2-o'rin: V.Egin
3-o'rin: V.Vasilenko

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing