31 avg 15:30
Yangiliklar
Boks/MMA
Xrgovich: "Itauma raqiblarim orasida eng yaxshisi, ammo..."
IBF superog'ir vazn chempioni Filip Xrgovich Mozes Itauma ustidan qozongan g'alabasi haqida o'z fikrlarini bildirdi.
"Men har bir raundda yutqazayotgandim, u meni ustunlik bilan mag'lub qilayotgandi. Bu energiya qaerdan kelganini bilmayman.
U men ringda to'qnash kelgan raqiblarim orasida eng kuchlisi. Ammo unga tajriba etishmadi. U charchab qoldi", — dedi Xrgovich.
30 avgust kuni bo'lib o'tgan jangning to'qqizinchi raundida Itaumaning burchagi oq sochiq tashlaganidan keyin bahs to'xtatildi va Xrgovich texnik nokaut bilan g'alaba qozondi. Bu Itaumaning professional faoliyatidagi ilk mag'lubiyat bo'ldi.
Havola :
Manba : BoxingScene
Fikrlar