18 noy 13:16
Yangiliklar
Tennis

Yakuniy ATP turnirining juftlik bahslarida chempionlar aniqlandi
Germaniyalik tennischilar Kevin Kravec va Tim Pyutc Italiyaning Turin shahrida o'tkazilgan yilning Yakuniy ATP turniri bosh sovrinini qo'lga kiritdi.
Ular hal qiluvchi final uchrashuvida salvadorlik Marselo Arevalo hamda xorvatiyalik Mate Pavich hamkorligini mag'lub etishdi - 7/6(5), 7/6(6). Ikkala set g'olibi ham tay-brekda aniqlandi.
To'qson to'qqiz daqiqa davom etgan bahsda Kravec/Pyutc 4, Arevalo/Pavich 6 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Hech bir juftlik breykdan foydalana olmadi. Kravec va Pyutc 1300 reyting ochkosi va 862,700 AQSH dollariga ega bo'lishdi.
Havola :
Manba : gotennis
O’xshash yangiliklar
12:59
ATP reytingi. Etakchilarimiz pastlashdi. Rahimbek 72, Novakni yutgan Yakub 30 pog'ona ko'tarildi 0
Fikrlar