09 dek 09:26
Yangiliklar
Yan Nepomnyashhiy qo'pol xatoga yo'l qo'ygan jahon chempionatining 9-partiyasida Magnus Karlsen g'alaba qozondi
Amaldagi jahon chempioni norvegiyalik Magnus Karlsen jahon toji uchun kechgan to'qqizinchi partiyada rossiyalik Yan Nepomnyashhiyni mag'lub etdi. Rossiyalik shaxmatchi uchrashuvda qo'pol xatoga yo'l qo'ydi va o'yin 39-harakatda Karlsenning g'alabasi bilan yakunlandi. Ushbu g'alabadan so'ng norvegiyalik shaxmatchi jahon chempionligi uchun yana bir muhim qadam tashladi. Ammo Nepomnyashhiyda ham hisobni tenglashtish uchun hali imkon bor. Hozirda shaxmatchilar o'rtasidagi umumiy hisob 6:3 - Karlsen foydasiga.
Eslatib o'tamiz, dastlabki besh va ettinchi partiya durang bilan yakunlangan edi. Oltinchi, sakkizinchi va to'qqizinchi partiyada esa Karlsen rossiyalik shaxmatchini mag'lub etdi. CHempionat tugashiga atigi beshta partiya qoldi. Bugun 10-partiya bo'lib o'tadi. Keyingi patiyalar 10, 11, 12 va 14 dekabr kunlariga belgilangan. 15 dekabrda esa tay-breyk (kerak bo'lsa) o'tkaziladi.
Fikrlar