25 avg 16:27
Yangiliklar
Futbol

Yana bir o'zbekistonlik futbolchi Belarus chempionatida o'ynaydi
Yil boshida o'zbekistonlik ikki nafar futbolchi Jasur Yaxshiboev va SHohboz Umarov Belarus chempionatiga ko'chib o'tishgandi.
Ayni paytda Yaxshiboev "SHaxtyor"da o'ynayotgan bo'lsa, Umarov "Energetik-BGU"da to'p tepmoqda. Biroq Umarov BATE klubi bilan shartnoma tuzib bo'lganidan ham xabaringiz bor albatta. Hamyurtlarimiz o'zlarini yaxshi tomonlama ko'rsatishayotgani Belarus chempionati klublarining o'zbekistonlik futbolchilarga qiziqishni yanada oshirdi.
Kuni kecha "Paxtakor" futbolchisi Humoyunmirzo Iminov ham Belarus mamlakatiga uchib bordi. 20 yoshli yarim himoyachi faoliyatini "Energetik-BGU" safida davom ettirishga juda yaqin turibdi.
Iminov O'zbekiston chempionatida jami 6ta o'yinda maydonga tushib 368 daqiqa davomida harakat qilgan.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar