17 jan 15:27
Yangiliklar
Tennis

Yana bir o'zbekistonlik tennischi Australian Open'da o'ynadi va g'alaba qozondi
Tennischimiz Sergey Fomin Avstraliya ochiq chempionatining bolalar o'rtasidagi bahslarida ishtirok etishi haqida xabar qilgandik.
Fomin saralashning ilk bosqichida yaponiyalik Keysuke Saitoga qarshi kortga chiqdi va 6:4, 4:6, 3:6 hisoblarida g'alaba qozondi.
Ayni paytda dunyo reytingida 999-o'rinni egallab turgan 16 yoshli tennischimiz musobaqaning asosiy davrasiga yo'l olishi uchun Janubiy Koreya vakili Xan Seon Yongga qarshi o'yin o'tkazadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar