04 fev 11:08
Yangiliklar
Boks/MMA
Yana bir taniqli UFC jangchisiga chiqish eshiklari ko'rsatildi
Surinamlik Jairzino Rozenstrayk hamda rossiyalik Sergey Pavlovich o'zaro oktagonda to'qnash kelishgandi.
Ikki sportchi 1 fevral kuni Ar-Riyodda (Saudiya Arabistoni) o'tkazilgan UFC Fight Night 250 turniri doirasida jang qilib, unda ochkolar hisobiga Pavlovich g'alaba qozongan edi. Bu mag'lubiyatdan keyin surinamlik Rozenstrayk UFC rosteridan chiqarildi.
Rozenstrayk aralash yakkakurashlarda jami 21 ta jang o'tkazib, 15 tasida g'alaba qozongan va 6 tasida mag'lubiyatga uchragan. UFC'dagi so'nggi uchta jangida u ikkita g'alaba qozongan va bittasida mag'lub bo'lgandi.
Havola :
Manba : UFC Roster
Fikrlar