07 sen 12:47
Yangiliklar
Yana bir TOP hujumchi faoliyatini Saudiyada davom ettirishga umid qilmoqda
Yozgi transfer oynasi yopilishidan sal avval "Tottenxem" bosh murabbiyi Roberto De Dzerbi Risharlison klubdan ketish istagini bildirganini malum qilgan edi.
Risharlison "Everton"ga qaytish bo'yicha kelisha olmadi, shuningdek, Turkiyaning "Trabzonspor" klubi bilan ham transfer amalga oshmadi — u erda transfer oynasi juma kuni oqshomda yopildi.
Evening Standard nashrining takidlashicha, endi Risharlisonda Saudiya Arabistonidan boshqa muqobil variantlar deyarli qolmadi. U erda transfer oynasi 12 oktyabrgacha ochiq bo'ladi va 29 yoshli braziliyalik futbolchiga mahalliy klublardan biri taklif bilan chiqishiga umid qilishdan boshqa chora qolmayapti.
Qo'shimcha qilish joizki, Risharlison "Tottenxem"ning 2026/27 yilgi Premer-liga mavsumi uchun qaydnomasiga kiritilmagan.

Fikrlar