02 dek 08:27
Yangiliklar
Boshqalar
Yana uch rossiyalik sportchi Olimpiadadan umrbod chetlatildi
Qishki sport turlari bo'yicha rossiyalik sportchilarga nisbatan elon qilingan sankciyalar davom etmoqda.
Xalqaro olimpiya qo'mitasi yana ikki chang'i sport turi vakilalari va bir biatlonchini umrbod Olimpiya o'yinlaridan chetlatish haqida qaror chiqardi. Gap Yuliya CHekaleva, Anastasiya Docenko hamda ikki karra Olimpiada chempioni Olga Zayceva haqida ketmoqda.
Bu uch sportchi 2014 yilgi Sochi Olimpiadasida antidoping qoidalarini buzganlikda aybdor deb topildi. Uchchala sportchining Sochi Olimpiadasidagi natijalari bekor qilindi. Zayceva 2015 yili faoliyatiga yakun yasagan edi.
Havola :
Fikrlar