So’nggi yangiliklar

18:26Таэквондо. Ёсинбек Одилов - Жаҳон чемпиони! 0 18:17"Бунёдкор" ва "Локомотив"нинг муштлашган футболчилари дисквалификация қилиниб, клублар жаримага тортилди 0 17:52Дана Уайт Ульбергнинг ғалабасига муносабат билдирди 0 17:26Магомед Анкалаев Прохазкани жангга чорлади 0 17:10Расман: Самвел Бабаян “Андижон”дан кетди 0 17:02"Бу ягона имкон эди". Собиқ чемпион Ульбергнинг ғалабаси ҳақида гапирди 0 16:39Камбоджа терма жамоаси ўзбекистонлик футболчини маҳаллийлаштиради 0 16:16Дана Уайт қандай қилиб Дональд Трамп сабаб кардга жанг қўшилганини айтди 0 15:52Илия Топурия Испаниядаги UFC турнири учун идеал жойни айтди 0 15:24Дана Уайт: "Жонс билан бизнес қилиб бўлмайди, лекин..." 0 15:01"Реал" Лунин билан боғлиқ муаммолардан сўнг янги дарвозабон ҳақида ўйлаб қолди 0 14:38Арсланбек Махмудов — Тайсон Фьюри жангидан сўнг: "Менимча дуранг эди" 0 14:16Жон Жонс: "Фаолиятимни якунлаганимга ишончим комил эмас" 0 13:52Дана Уайт Чимаев — Стрикленд жангидан олдин қандай хавфсизлик чораларини кўришини очиқлади 0 13:29Ямаль "Барселона" раҳбариятига таклиф билан чиқди 0

24 okt 20:39
Yangiliklar

Futbol

Yaponiya - Jahon chempionatining uchinchi ishtirokchisi, navbat bizga keldi

Bahraynda davom etayotgan yoshlar (U-19) o'rtasidagi Osiyo chempionatining uchinchi yarim finalchisi nomi malum bo'ldi.

Nafaqat uchinchi yarim finalchi, balki kelasi yili Janubiy Koreyada o'tkaziladigan Jahon chempionatiga Osiyo qitasi nomidan boradigan uchinchi ishtirokchisi ham aniqlandi.

G'oliblik uchun asosiy davogar hisoblanayotgan Yaponiya terma jamoasi guruhdoshimiz Tojikiston yoshlariga hech qanday imkoniyat qoldirmadi. Kunchiqar yurt futbolchilari yon qo'shnilarimiz darvozasiga javobsiz 4ta to'p kiritishdi.


Endi ular yarim finalda Vetnam terma jamoasiga qarshi maydonga tushishadi. Vetnam kecha chorak finalda shov-shuvli tarzda musobaqa mezbonlari – bahraynlik futbolchilarni 1:0 hisobida taslim etishgan edi.

Birozdan so'ng chorak finalning so'nggi juftlik uchrashuvi boshlanadi. Unda O'zbekiston va Eron yoshlar terma jamoalari maydonda saf tortadi. Bu o'yindan so'ng biz JCH-2017ga boradigan so'nggi jamoa nomini bilib olamiz.

Darvoqe, Yaponiya - Tojikiston uchrashuvida nazoratchi vazifasini hamyurtimiz Farhod Abdullaev bajardi. 

YAPONIYA – TOJIKISTON – 4:0 (2:0)

Gollar: Mioshi Koji, 8 (1:0). Doan Ritsu, 18 (2:0). Ogava Koki, 73 (3:0). Yuto Ivasaki, 88 (4:0).

Yaponiya: Kojima Riosuke, Fujitani So, Nakayama Yuta, Tomiyasu Takexiro, Mioshi Koji (Naganuma Yochi, 79), Ogava Koki (Nakamura SHunta, 79), Sakai Daisuke, Doan Ritsu, Ichimaru Mizuki, Funaki Kareru (Xatsure Rio, 76), Yuto Ivasaki.

Tojikiston: Behruz Xayriev, Vaxdat Xanonov, Zoir Jo'raboev, Azimjon Rahmonov (Alisheri Xotam, 90+1), Tabrezi Davlatmir, Dorobjon Ergashev, Karomatullo Saidov (Daler Yodgorov, 60), Nuriddin Hamroqulov (Amirjon Safarov, 80), Exsoni Panjshanbe, Muxsinjon Parpiev, Muhammadjoni Hasan.

Bosh hakam: Fu Ming (Xitoy)

Nazoratchi: Farhod Abdullaev (O'zbekiston)

Komissar: Doan Anx Tuan (Vetnam)

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing