So’nggi yangiliklar

16:23Темиров — Кавана: кучли зарба ва техник ақл тўқнашуви. Абу-Дабидаги жанг нимани ҳал қилади? (мутолаа учун) 0 15:49Роналду: “Эҳтимол, бу менинг футболдаги сўнгги йилим бўлиши мумкин” 0 15:22IBF рейтинги янгиланди. Ўзбек боксчиларининг ўрни қандай? 0 14:58Бадиий гимнастикачиларимиз Жаҳон чемпионатидаги иштирокини якунлашди 0 14:30Рамазон Темиров допинг текширувидан ўтди (ФОТО) 0 13:49Ироқ телеканали "Пахтакор" учрашувларини тўғридан-тўғри кўрсатишни бошлади 0 13:21Ислам Махачев кейинги рақиби сифатида кимни лойиқ кўришини айтди 0 12:45Дана Уайт Оқ уйда UFC турнирининг қайта ўтказилиши мумкинлиги ҳақидаги саволларга жавоб берди 0 12:19WBC рейтинги: 11 нафар боксчимизнинг рейтинги қандай? 0 11:53Варди фаолиятини Бразилияда давом эттириши мумкин 0 11:29Жанибек Алимханули WBO камари учун даъвогарга айланди 0 10:47Ломаченко қайтмоқда! У мағлубият нималигини билмайдиган боксчига қарши жанг қилиши мумкин 0 10:11UFC 330 турнири иштирокчилари жанглардан қанча гонорар ишлаб олишгани маълум бўлди 0 09:39"Ланс" ПСЖни мағлуб этиб, Франция Суперкубоги соҳибига айланди 0 09:00Хабиб Махачевнинг кечаги ғалабасига илк бор муносабат билдирди 0

22 noy 12:39
Yangiliklar

Boshqalar

Yaponiyaning O'zbekistondagi yangi favqulodda va muxtor elchisi Milliy olimpiya qo'mitasiga tashrif buyurdi

Malumki, o'zbek va yapon xalqining uzoq yillar davomida o'rnatib kelayotgan do'stona aloqalari yildan yilga mustahkamlanib bormoqda.

Ikki davlat o'rtasida sport sohasidagi aloqalarni yanada mustahkamlash maqsadida ayni kunlarda yurtimizda yapon sport haftaligi o'tkazilmoqda. Yaqinlashib kelayotgan Tokio Olimpiadasiga yanada puxta tayyorgarlik ko'rish, sportchilarimizning Olimpiya o'yinlaridan avval ushbu mamlakat iqlimi va oziq-ovqatlariga moslashib olishi uchun Yaponiyaning turli shaharlarida o'quv-mashg'ulot yig'inlarini tashkil qilish kabi masalalar O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi oldida turgan asosiy vazifalardandir. SHubhasiz, bunday echimlarni Yaponiyaning O'zbekistondagi elchixonasi ko'magisiz hal qilish amri mahol. SHu va boshqa masalalarni muhokama qilish yuzasidan Yaponiyaning O'zbekistondagi yangi favqulodda va muxtor elchisi Yoshinori Fujiyama Milliy olimpiya qo'mitasiga tashrif buyurdi. Mehmonni MOQ prezidenti Rustam SHoabdurahmonov qarshi oldi. 

“Avvalambor, xush kelibsiz. Boshlagan yangi missiyangizda kattadan katta muvaffaqiyatlar tilab qolaman. Davlatlarimizning har tomonlama olib borayotgan chuqur do'stona aloqalarini sport sohasida ham yanada mustahkamlashishidan umidvorman. Muhtaram Prezidentimiz yurtimizni yanada rivojlantirishda 5 muhim tashabbuslardan birini jismoniy tarbiya va sport bilan bog'lagan. Zero, yoshlarimizning sport bilan mashg'ul bo'lishlari kelajagimiz uchun muhimdir. Ayni paytda Tokio-2020ga tayyorgarlik bo'yicha ishchi guruhimiz Tokioda bo'lib turibdi. Ular ushbu tashrif davomida kelasi yil Olimpiya o'yinlari payti o'tishi rejalashtirilgan “O'zbekiston kunlari”ning tashkiliy ishlari bo'yicha yuzaga keladigan masalalarni o'rganib kelishadi. Bir so'z bilan aytganda, O'zbekistonda Tokio Olimpiadasiga juda katta tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. Yanada samarali faoliyat olib borishimiz uchun sizning qo'llab-quvvatlashingiz va yordamingiz biz uchun juda muhim”, – dedi Rustam SHoabdurahmonov. 

Muhtaram elchi ham tashrif davomida olib borilayotgan hamkorlik ishlarining yanada mustahkamlanishi borasidagi o'z fikrlarini bildirib o'tdi.  

“O'zbekistonda faoliyat boshlaganimga uncha ko'p bo'lmadi. Darhaqiqat, davlatlarimiz do'stona aloqalarni har tomonlama chuqur olib bormoqda. Vazifamni bajarishga kirishishdan avval o'zbek va yapon xalqining sport sohasidagi aloqasi bunchalik mustahkam deb o'ylamagan edim. O'z navbatida, men ham bunday do'stona aloqalarni yanada mustahkamlashdan umidvorman. Yaqin orada dzyudo bo'yicha yaponiyalik kuchli mutaxassislardan biri O'zbekistonda faoliyat olib bora boshlaydi va o'zbekistonlik dzyudochilarni Tokio Olimpiadasiga qadar tayyorlash davrida xizmat qiladi. Ochig'i, Olimpiya o'yinlari vaqtida o'zbek va yapon sportchilarining o'zaro to'qnash kelib qolishini xohlamayman. O'zbekistonlik atletlar har bir sportda jiddiy raqibdir”, – dedi Yoshinori Fujiyama. 

MOQ rahbari va muhtaram elchi suhbat davomida qator istiqbolli dasturlar va rejalar, o'zaro hamkorlikda faoliyat olib borish bo'yicha ijobiy kelishuvga erishishdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing