16 dek 08:57
Yangiliklar
Tennis
![](/upload/storage/24804_220.jpg)
Yarim finalda to'xtatilgan Jo'rabek kelasi hafta ham Doha turnirida qatnashadi
SHu kunlarda Qatar poytaxti Doha shahrida tennis bo'yicha mukofot jamg'armasi 15 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi turnir davom etmoqda.
“Qatar Fyuchers 5” nomli musobaqaning ham juftlik, ham yakkalik bahslarida yarim finalga qadar etib kelgan hamyurtimiz Jo'rabek Karimov kelasi hafta ham aynan Doha shahrida o'tkaziladigan turnirda o'z mahoratini namoyish etadi.
Istedodli tennischimiz o'z ishtirokini to'g'ridan-to'g'ri
asosiy to'rdan boshlasa, yana bir hamyurtimiz Saidalo Saidkarimov esa saralash
bahslarida o'z imkoniyatini sinovdan o'tkazadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar