21 dek 10:46
Yangiliklar
SHaxmat
Yarim million dollar uchun o'tayotgan Champions Chess Tour turnirida finalchilar malum
Norvegiya poytaxti Oslo shahrida shaxmat bo'yicha nufuzli Champions Chess Tour – 2024 turniri bo'lib o'tmoqda.
Mukofot jamg'armasi 500 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi musobaqada dunyoning ko'zga ko'ringan grossmeysterlari bahs olib borishyapti. Kecha yarim final uchrashuvlari o'tkazilib, bosh mukofot uchun o'zaro dona suradigan shaxmatchilar malum bo'ldi.
Dunyo reytingida sakkizinchi o'rinni egallab turgan rossiyalik grossmeyster Yan Nepomnyashiy hamda 16-Jahon chempioni norvegiyalik Magnus Karlsen final chiptasini qo'lga kiritdi.
Nepomnyashiy 1/2 finalda franciyalik Alireza Firuzjani 3,5:0,5, Karlsen esa boshqa bir farang shaxmatchisi Maksim Vashe-Lagravni 3,5:1,5 hisobida taslim etdi. Bugun final uchrashuvi o'tkaziladi.
Havola :
Fikrlar