So’nggi yangiliklar

18:30Туркия Кубоги. "Ризеспор" "Эрзурумспор"га имкониятни бой берди, Алиқулов 90 дақиқа ўйнади 0 18:05Ўзбекистонлик спортчи иштирокидаги беллашув Octagon League'нинг 2025 йилдаги энг яхши жанги деб топилди 0 17:39Ислам Махачев нимага Арман Царукян билан реванш бекор бўлганидан афсусланмаслигини тушунтирди 0 17:17Нодирбек Абдусатторов ва Жавоҳир Синдаров Tata Steel Chess-2026 турнирида қатнашади 0 16:52"Ал Иттиҳод" Мессини исталган шартлар асосида сафига қўшиб олишга тайёр 0 16:25UFC 324 турнирининг асосий кардига ўзгариш киритилди 0 16:02"Уларга қандайдир қаттиққўл одам керак". UFC чемпиони Махачев — "Реал" ҳақида 0 15:39Полина Кудерметова ҳам Австралия очиқ чемпионатидаги илк рақибини билиб олди 0 15:17Канада томони Ўзбекистон билан ўйин бўлиб ўтишини тасдиқлади 0 14:55"Бу Хамзат учун осон пул эмас". Царукян Чимаев — Перейра эҳтимолий жангига тахмин билдирди 0 14:32Жервонта Дэвис қидирувга берилди 0 14:10Шара Буллет UFC чемпиони бўлиши мумкин бўлган ўзбекистонлик жангчи номини айтди 0 13:47Ўзбекистон футзал терма жамоаси Осиё Кубогидан олдинги охирги йиғинини бошлади 0 13:26"Агар у тайёр бўлса, нега йўқ?" Махачев Шавкат Раҳмонов билан жанг қилишга рози бўлди 0 13:05"Ҳумо" хоккей клуби 8 ёшга тўлди! 0

30 okt 14:03
Yangiliklar

Futbol

Yaxshi xabar: Oliy ligada saviyasiz jamoalar kamayadigan bo'ldi

Teglar :  Futbol
O'zbekiston Futbol Federaciyasining Ijroiya Qo'mitasi Byurosining qaroriga ko'ra futbol bo'yicha 2018 yilgi Oliy liga musobaqalarida 12 ta jamoa ishtirok etadi.

CHempionat o'yinlari esa 3 davra tizimida o'tkaziladigan bo'ldi.

Yangi formatga ko'ra, 12 ta jamoa 3 davrada aylanma tizimda o'ynaydi. Bunda har bir jamoa mavsum davomida 33 ta o'yin o'tkazadi. Dastlabki ikki davraga mavsum boshida qura tashlanadi va jamoalar “uyda-safarda” tizimida bahs olib boradi. Musobaqaning uchinchi davrasiga esa reglament asosida qura tashlash yo'li bilan mezbon-mehmon aniqlanadi. Natijada klublar o'rtasida chempionlik va ligada qolish uchun raqobat kuchayib, musobaqa saviyasi oshadi.

2018 yilgi 12 ta jamoadan iborat 3 davrali tizim ishtirokchilarini aniqlashda 2017 yilgi futbol mavsumi hamda 2018 yilgi mavsumga futbol klublarini licenziyalash yakunlari asos bo'lib xizmat qiladigan bo'ldi. Natijada, 2018 yilgi musobaqada 2017 yilda 1–11 o'rinlarni egallagan 11 jamoaga Birinchi liga musobaqalarida g'olibi bo'lgan futbol klubi qo'shiladigan bo'ldi.

Ushbu qarorni qabul qilish asnosida O'FF va PFL rahbariyati murabbiylar, klublar rahbarlari, ekspertlar va ommaviy axborot vositalari vakillarining har bir taklifini chuqur o'rganib chiqdi.

“Men bugungi qabul qilingan qarordan qoniqish hosil qildim”, – dedi O'FF Prezidenti Umid Ahmadjonov. “CHunki, u bir tomonlama qabul qilinmadi. Biz hamma kiritilgan taklif va mulohazalarni o'rganib chiqdik. Keyin esa yangi formatning bizning sharoitga qanday to'g'ri kelishini o'rgandik. Yakunda esa 12 ta klub qatnashadigan musobaqa variantida to'xtadik. Men ushbu qarorning qabul qilinishida ishtirok etgan har bir ekspert va ommaviy axborot vositalari vakillariga o'z minnatdorchiligimni bildiraman”.

Umid Ahmadjonov chaqirgan O'FF Ijroqo'mining Byurosi, shuningdek, Birinchi ligada o'ynaydigan jamoalar sonini 16 taga kamaytirish to'g'risida ham qaror qabul qildi. Birinchi liga asosan yoshlar o'ynaydigan musobaqa bo'lib, Oliy liga klublari hamda terma jamoalar uchun nomzod tayyorlaydigan o'ziga xos fabrika bo'lib xizmat qilishi kerakligi alohida urg'ulandi. Bundan tashqari, futbolni butun Respublika bo'ylab bir tekisda rivojlanishiga erishish maqsadida Birinchi ligada har bir viloyatdan bitta jamoaning ishtirok etishi asosiy talablardan biri etib qo'yiladi. SHu orqali O'FF va PFL musobaqalarida ishtirok etadigan futbolchilarning yosharib borishiga erishiladi va yakunda murabbiylarni aynan yoshlarga ko'proq imkoniyat berishga undaydi.

“Futbol bo'yicha O'zbekiston chempionati va uni o'tkazish tizimi islohga muhtoj ekanligi, milliy chempionatida raqobatbardosh jamoalar sonini ko'paytirish orqali sog'lom raqobatni kuchaytirish va bir so'z bilan aytganda oliy liga o'yinlarini tomoshabop musobaqa darajasiga olib chiqish uchun islohotlarni amalga oshirish juda muhim edi” – deydi Umid Ahmadjonov O'FF matbuot xizmatiga.

“Bu borada biz eng avvalo ichki imkoniyatlar va sharoitlarni o'rganib chiqib, keyin xalqaro tajribaga tayandik. Ekspertlar bilan maslahatlashgan holda 12 ta jamoadan iborat liga tanlovida to'xtadik. Xuddi shu maqsad bilan birinchi liga jamoalari sonini ham 16 taga qisqartirdik. Umid qilamanki, bu islohotlar o'zining ijobiy samarasini beradi”,  – deydi O'FF Prezidenti.

Ushbu haftada Oliy va Birinchi liga futbol klublariga 2018 yilgi musobaqalarda ishtirok etish uchun OFK va O'FF xujjatlari asosida belgilangan talablar aks ettirilgan yangi meyoriy hujjat yuboriladi. Hujjatdagi talablarga javob bermagan yoki buni bajarishda muddatidan kechikkan futbol klublari musobaqalarga qo'yilmasligi malumot sifatida taqdim etildi.

O'zbekiston Professional Futbol Ligasi direktori Omon G'ofurov O'zbekiston Futbol Federaciyasi Ijroiya Qo'mitasi Byurosining CHempionat va Birinchi liga formatini o'zgartirish haqidagi qarori bo'yicha Oliy va Birinchi liga futbol klublari, shuningdek, hududiy federaciyalarga xabar berib, zarur chora-tadbirlarni ko'rish kerakligi haqida ogohlantirdi.

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing