26 dek 07:45
Yangiliklar
Xokkey
Yilning so'nggi o'yinida "Irtish" ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng Timur SHingareev "baxtiyor do'ppi"ni kimga uzatdi? (VIDEO)
"Humo" - "Irtish" uchrashuvining eng yaxshi o'yinchisi aniqlandi.
"Humo" jamoasi 3:1 hisobida g'alaba qozongan o'yinda "qanotlilar"ning 2-shaybasini kiritgan Vladimir Juravlyov eng yaxshi o'yinchi unvoniga loyiq ko'rildi.
"Humo"ning 64-raqamli rossiyalik 25 yoshli hujumchisi Vladimir Juravlyov ayni damgacha jamoaning 31 ta o'yinida muzga chiqqan. U bu o'yinlarda raqiblar darvozasiga jami 7 ta shayba kiritgan, 5 ta shaybaga assist bo'lgan va jami 12 ochko ishlagan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar